Valyuta bozori va valyuta operatsiyalarining xalqaro moliya munosabatlartdagi ahamiyati
Download 209.5 Kb.
|
Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optsionlarning quyidagi ikkita asosiy turi mavjud: «koll-optsion»
Valyuta optsioni. Valyuta optsioni uning xaridoriga ma'lum bir huquqni beradi, ayni paytda, uning zimmasiga kelajakdagi ma'lum muddatda belgilangan narx bo’yicha xorijiy valyutaning muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish majburiyatini yuklamaydi. Optsionni sotuvchi xaridor oldida kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx bo’yicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarini xarid qilish va sotish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi. Optsion shartnomasining tuzilishi har qanday oldi-sotdi savdo bitimi singari sotuvchi va xaridorning mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Optsion xaridori (shuningdek, optsion egasi deb nomlanadi) ushbu operatsiyani amalga oshirish huquqini olish evaziga belgilangan miqdordagi pulni - vositachilik haqini to’laydi. Optsion oldindan belgilangan muddatgacha kuchga ega bo’ladi. Ushbu muddat ekspiratsiya sanasi deb ataladi. Optsion turli xil turdagi tovarlar uchun (er, kuchmas mulk, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va fyuchers kontraktlari), tuzilishi mumkin. Shuningdek, u tovarni amalda yetkazib berilishini ko’zda tutmasligi mumkin (bunday optsionga «hisob-kitob» optsioni deyiladi).
Valyuta optsioni birinchi marta 1982 yili Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan edi. Shundan so’ng, valyuta optsionlari bilan savdo jahonning ko’plab birjalarida amalga oshirila boshlandi. Optsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug’urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uning qanday ishlashini bilish lozim. Optsionlarning quyidagi ikkita asosiy turi mavjud: «koll-optsion» yoki xarid qilish uchun optsion; «put-optsion» yoki sotish uchun optsion. Koll-optsionning xaridori oldindan belgilangan narx bo’yicha muayyan tovarni sotish huquqiga ega bo’ladi. Ushbu «huquq» xaridorga aniq tovarni sotib olish yoki sotish uning uchun foyda keltirmaydigan bo’lgan holda undan voz kechish imkoniyatini beradi. Masalan, koll-optsionning xaridori 1 AQSH dollariga 80 so’m nisbatdagi kurs bo’yicha 100 AQSH dollarini sotib olish huquqiga ega bo’ladi. Put-optsionning xaridori esa, xuddi usha shartlarda oldindan belgilangan muddatda, masalan, joriy oyning 30 sanasiga qadar ushbu narxlar bo’yicha AQSH dollarini sotish huquqiga ega. Optsionning sotuvchisi koll-optsion holatida optsionni bajarishi, ya'ni sotishi lozim. Put-optsion holatida esa, optsion xaridori buni talab kilsa, muayyan tovarni sotib olishi shart, «hisob-kitob» optsioni bajarilgan holda foyda (zararlar) pul shaklida hisoblanadi. Optsionni amal qilishi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish va optsion strategiyalarini tahlil qilish foyda(zararlar) diagrammasidan foydalaniladi. Ushbu diagrammalar bu optsion yoki bir necha optsionlar (optsionlar portfeli) tovarlarga har xil narx qo’yilgan vaqtda qancha foyda (zarar) keltirishi mumkinligini ko’rsatadi. 1 AQSH dollari uchun 1200 ros.rubli nisbatidagi kurs bo’yicha valyuta sotib olingan yoki sotilgan holatda foyda va zararlaming o’zgarishi 2-chizmada ko’rsatilgan. Abstsissa o`qi bo’yicha AQSH dollarining vujudga kelishi mumkin bo’lgan kursi ko’rsatilgan. Ordinat o`qi bo’yicha esa, valyutani xarid qilish va sotish operatsiyasi keltirishi mumkin bo’lgan foyda va zararlar aks ettirilgan. Ikkinchi diagrammada AQSH dollari kursi 10 bandga oshgan holatda investor har bir xarid qilingan dollar uchun 10 rubl foyda ko`rishi, kurs 10 bandga tushganda esa, har bir dollar uchun tegishli ravishda 10 rubldan ziyon ko`rishini aks ettirgan. Valyuta optsionlari valyuta riskini kamaytirish va oldini olish maqsadida foydalaniladi va ulardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi: valyuta tushumi (to’lovi) ning vaqti va miqdori aniq bo’lmaganda. Agar bitim amalga oshmasa, optsion bozorda sotilishi (agar uning qandaydir bir qiymati bo’lsa) mumkin, yoki daromad bilan bajarilishi (agar bajarilish narxi «spot» kursga nisbatan ancha muvofiq bo’lsa) mumkin; chet el valyutasida baholangan tijorat taklifi hisoblangan xorijiy shartnomani rag’batlantirish uchun; chet el valyutasidagi o’z mahsulotlarining narx-navosini chop etishda; narxga nisbatan uta sezgir bo’lgan eksport va import tovarlarini himoya qilishda. Agar ayirboshlanish kursining yaxshi tomonga o’zgarishi yuz bersa, optsion import qiluvchi (eksport qiluvchi) undan daromad olish imkoniyatini tugdiradi (bunda u forvard valyuta bitimlaridan import qiluvchi(eksport qiluvchi)ning qat’iy belgilangan kursga bog’lanib qolishining oldini oladi). Bu shuni anglatadiki, daromad import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning mijozlariga tayinlangan narxlarda aks etadi. Kompaniya ma'lum bir belgilangan valyutaning holatini (riskini) bilmasdan chet el valyutasini sotish haqida forvard valyuta bitimi tuzmaydi. Masalan, Malibu kompaniyasiga Germaniyada evroda tayinlangan narx bo’yicha bitim tuzish taklif etilgan. Malibu kompaniyasi taxminicha, bitim 1850000 funt sterling qiymatida turadi. Bu bitimga takliflarning ko’pligi va raqobatning kuchliligini e'tiborga olib, kompaniya bu bitimni 2 mln. funt sterlingga baholadi. Bitim vaqtida 1 funt sterling 2,80 evroni tashkil etishini hisobga olib, u 5600000 evro miqdoridagi takliihi o’rtaga tashlaydi. Bitim olti oy muddatdan oldin tuzilmaydi. Shuningdek, optsionlarning amerika va evropa turlari mavjud. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling