Valyuta bozori va valyuta operatsiyalarining xalqaro moliya munosabatlartdagi ahamiyati
Download 209.5 Kb.
|
Valyuta bozorining makroiqtisodiy taxlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari
Joriy valyuta operatsiyalari:
tovarlarni (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) eksport va import qilish bo’yicha hisob-kitoblar, valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisi, intellektual mulkka egalik huquqini sotish, qarz mablag’larini jalb qilish yoki taqdim etishni ko’zda tutmagan, kechiktirilmaydigan to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar; bank omonatlari, kredit, investitsiya va boshqa moliyaviy operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi daromadlarni chet elga va chet eldan foiz, dividend va boshqa kurinishdagi o’tkazmalar; nosavdo tusdagi (ish haqi, nafaka, meros va shu kabilarni) o’tkazmalar, shuningdek, shunga o’xshash boshqa operatsiyalar kiradi. Kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari: investitsiya, shu jumladan, chet eldan xarid qilingan va chet elga sotilgan qimmatbaho qog’ozlar; berilgan va olingan xalqaro kreditlar; jalb qilingan va hisobvaraqlarga va jamgarmalarga joylashtirilgan mablag’lar; valyuta qimmatliklarida to’lovni amalga oshirish uchun moliyaviy operatsiyalar yoki ma'lum vaqtdan so’ng, ularning mulkiy egalik huquqi kiradi. Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko’plab banklarida, taxminan, ertalab soat 900 da boshlanadi, birok, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo’yicha mas'ul xodim (bulim boshligi) o’zining xodimlarini bitimlar tuzish bo’yicha me'yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma'lumotlar va yangiliklar bilan ta'minlaydi. U o’zi yo’nalishni qayta ko’rib chiqadi (bozorni bir necha oy oldin tahlil qiladi) va quyidagi omillar asosida o’z taktikasini aniqlaydi: Flouting tizimida ayirboshlash stavkalarida aniqlovchi valyuta va foiz stavkalarining iqtisodiyotda o’zgarishi asosiy omillardan bo’lib qolmoqda. Bunda, ularbitimlar muddatini kursning tushishi bilan hisoblashish-masa, u holda xuddi shu bitimlar kursining oshishi bilan hisoblashishga majbur bo’ladilar. Siyosiy omillar. Mazkur omillarga ijtimoiy holat, hukumatning almashishi va shu kabi valyuta bozoriga ta'sirini ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar kiradi. Ko’pchilik holatlarda, ushbu omillar bozor holatini belgilovchi eng muhim omil bo’lishi mumkin. v) Bankning chet el valyutasidagi o’z pozitsiyasi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning market-meykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o’rtasidagi farqka bog’liq holda o’rnatiladi. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling