Valyuta operatsiyalari hisobi


-chizma. Valuta bozorining turlari


Download 182 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi182 Kb.
#1588144
1   2   3
Bog'liq
Valyuta operatsiyalari hisobi

2-chizma. Valuta bozorining turlari
Valuta bozori valuta munosabatlarining subyektlari va unda ishlatiladigan valutalarning soniga ko’ra, milliy, hududiy va jahon valuta bozorlariga bo’linadi.
Milliy valuta bozorlari muayyan davlat hududida rezidentlar va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi valuta munosabatlarini o’z ichiga oladi. Bu bozorlar milliy valuta konvertatsiya qilinmaydigan va qattiq valuta cheklovlari mavjud bo’lgan paytda davlat tomonidan milliy pul va valuta tizimini shakllantirish bosqichida shakllanadi. Bunday mamlakatlarda faqat vakolatli («devizli» yoki «valutali») banklar jahon valuta bozoriga chiqa oladi.
Jahon valuta bozorining konyunktura mexanizmi deganda, odatda, ushbu bozorda valutalarga bo’lgan talab va taklifning shakllanish mexanizmi tushuniladi. Bozorning konyunktura mexanizmi murakkab bo’lib, uni o’rganish moliyaviy vositachilar uchun nihoyatda muhimdir. Chunki bozorda, operatsiyalar o’tkazish jarayonida qaror qabul qilish uchun moliyaviy vositachilar ma’lum bir tahliliy ma’lumotlarga asoslanishi kerak.
2-jadval


Valuta bozorlari ishtirokchilari va ular o’rtasida tuziladigan bitimlar
Valuta bozorlarining ishtirokchilari ko’p bo’lib, ularni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.Barcha ishtirokchilarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin, bular:

  1. Passiv ishtirokchilar. Ular vaqti-vaqti bilan valutaoperatsiyalarini amalga oshirish ehtiyoji yuzaga keluvchi subyektlar bo’lib, ko’pincha yirik bitimlarga murojaat qilishadi. Banklarda o’rnatilgan narx bo’yicha hisob-kitobni amalga oshiradilar.

  2. Aktiv ishtirokchilar. Ular «Market Makers» deb hamataladi. Asosan yirik va kam sonli bitimlarda ishtirok etib, o’z bo’limlariga va juda katta dilerlik shtatlariga egadirlar. Aynan ular bozorni shakllantiruvchilari hisoblanadi va passiv ishtirokchilar aynan ularga murojaat etadilar. Passiv ishtirokchilarga o’z narxlarini o’rnatadilar.

2. Valuta operatsiyalari va ularning turlari. SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari


Valuta operatsiyalari – bu xorijiy valutada va valutaviy qimmatliklar bilan bo’ladigan oldi-sotdi operatsiyalaridir.
Xorijiy valuta deganda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning banknotalari va almashinuvchi tangalari tushuniladi.
Valuta qimmatliklariga quyidagilar kiradi:

  • xorijiy valutada yozilgan qarz majburiyatlari, ya’ni oddiyveksellar va trattalar;

  • xorijiy valutada yozilgan qimmatli qog’ozlar;

  • oltin, platina va boshqa qimmatbaho metallar, toshlar.

Valuta operatsiyalari asosan valuta bozorlarida amalga oshiriladi. Rasmiy valuta-moliya bozorining eng yiryk jahon markazlari London, Nyu-York, Frankfurt Mayn va Tokio kabi yirik shaharlarda ko’p sonli bo’limlar tarmog’iga va chet el valutasi zaxirasiga ega bo’lgan taniqli tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi.
Valuta bozorlarida amalga oshiriladigan valuta operatsiyalari mohiyatiga ko’ra quyidagicha bo’linadi.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling