Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash
AMALIY OKSIDLANISH DARAJASINI TEMPERATURAGA
Download 21.92 Kb.
|
5. AMALIY OKSIDLANISH DARAJASINI TEMPERATURAGA
BOGLIKLIGI DIAGRAMMASI XAQIDA. Bu bog‘liklik X=f(t) diagrammasi (14.2.-rasm) o‘z ifodasini topgandir. Bu erda adiabata chizig‘i deyiladi. CHunki oltingugurt ikki oksidini oltingugurt uch oksidiga oksidlash jarayoni adiabatik sharoitda, Q = const, ya’ni issiqlik tashqariga berilmaydi va tashqaridan olinmaydigan sharoitda olib boriladi. Bunday xolatda reaksion issiqlik shu qatlamdan chiqayotgan o‘choq gazi xaroratini oshirishga sabab bo‘ladi. E nuqtadan chapga qarab gorizontal chiziq o‘tkazamiz. G nuqtasidan yana DE chizig‘iga paralel chiziq o‘tkazamiz. Bunday chizma chizish X = 1 ga erishguncha qadar davom ettirilishi mumkin. Bu erda adiabata chiziqlari kontakt apparatidagi qatlamlar sonini bildirsa, gorizontal chiziqlar esa xar bir qatlamdan so‘ng o‘rnatilgan issiqlik almashgichlar sonini bildiradi. Nazariy jixatdan bunday chiziqlar chizish shuni ko‘rsatadiki X = 1 ga erishguncha qadar 24 ta qatlam bo‘lmog‘i kerak ekan. Ammo amaliyotda qatlamlar soni 4 yoki 5dan oshmaydi. Bunga sabab: 1.Xar qatlamdagi X ning o‘zgarishi sekin - asta kamayib boradi. 1-qatlamda X1 =0,7 ikkinchisida X2 = 0,18 ga teng bo‘lsa, keyingilarida 0,08; 0,07; 003 va xokazoga kamayib ketadi. 5chi yoki 6chi qatlamlardan boshlab Xning miqdori 0 juda kam o‘zgardi shuning uchun u deyarli ishlatilmaydi. 2.Ko‘p qatlamli kontakt apparatini ishlatish va boshqarish anchagina qiyindir. Buning uchun, qatlamlar soni 4-5 dan oshirilmaydi. Bu vaqtda bir bosqichli kontakt apparatlaridan amaliy oksidlash darajasi X = 0,95 - 0,97 ga erishsa, ikki bosqichli kontakt apparatlaridan esa X = 0,900 - 0,990 ga teng bo‘ladi. Bu vaqtda oksidlanmay qolgan SO2ning miqdori 0,001%ni tashkil etadi. Bunday o‘choq gazini tashlab yuborish atrof muhitni zaxarlashga va qimmatbaxo SO2ni bexuda sarflanishi natijasida olinayotgan sulfat kislota tannarxini oshirishga olib keladi. SHuning uchun bunday SO2 ni ushlab qolish uchun odatda: 1.Sulfit - bisulfit usulini qo‘llash yoki balandligi 200m.cha keladigan mo‘rilarni qo‘llash taklif etiladi. Amaliyotda 1chi usul ko‘p joyni va ishchi kuchini talab qilgani uchun 2-usul qo‘llaniladi. Lekin bu usul juda qimmat turadi. Bu tashlanib ketayotgan oltingugurt ikki oksidining foydalanish koeffitsientini oshirish uchun oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidga 2 bosqichli oksidlash jarayoni qo‘llaniladi. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling