Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash


Download 21.92 Kb.
bet6/6
Sana28.02.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1236832
1   2   3   4   5   6
7. KONTAKT APPARATI TURLARI.
1.O‘choq gazini sovutish usuliga qarab:
a)Ichki issiqlik almashgichlik kontakt apparatlari;
b)Oralik issiqlik almashgichlik kontakt apparatlari. Ichki issiqlik almashgichlik kontakt apparatlariga Filde quvurlik, ya’ni “quvur ichida quvur turidagi kontakt apparatlari kiradi. Bular amaliyotda kam qo‘llaniladi, chunki ularni ta’mirlash ishlari murakkab va ularda issiqlik almashish jarayonlarini boshqarish qiyin.
Oraliq issiklik almashgichlik kontakt apparatlarining quyidagi xillari bo‘lishi mumkin:
1) Tashqi issiqlik almashgichlik kontakt apparatlari, ya’ni issiqlik almashgichlari kontakt apparatining tashqarisida joylashtirilgan. Amaliyotda bu xildagi kontakt apparatlari eng ko‘p tarqalgandir, chunki bularda issiqlik almashish jarayoni ni boshqarish oson, hamda kontakt apparatining umumiy balandligi qisqaradi; bu esa uni boshqarishni osonlashtiradi, hamda ularni alohida - alohida ta’mirlashga sharoit yaratadi. 2) Issiqlik almashgichliklarni kontakt apparati ichiga, ya’ni qatlamlari orasiga joylashtirish. Bu erda issiqlik almashgich o‘rniga sovutish uchun; a) isitilmagan o‘choq gazining o‘zini qo‘llash;
b) quritilgan isitilmagan xavoni ishlatish
v) quritilmagan isitilgmagan xavoni ishlatish.
2.Kontakt apparati ichidagi katalizatorning xolatiga qarab:
a) Filtrlovchi qatlamli kontakt apparatlari.
b) “Kaynar qatlamli kontakt apparatlar. Filtrlovchi qatlamli apparatlarda o‘choq gazi tepadan pastga qarab yo‘naltirilib, xar bir qatlamdan so‘ng issiqlik almashgichiga kiritilib, u erda sovutilib, yana keyingi qatlamga yuboriladi va xokazolar.
“Qaynar qatlam”li kontakt apparatlarida esa o‘choq gazi pastdan tepaga qarab beriladi,chunki buni “qaynar qatlam”ning gidrodinamikasi talabqiladi. «Qaynar qatlam»li kontakt apparatlarida o‘choq gazi turbulent rejimda bulganligi uchun,SO2 nisbatan katta tezlik bilan oksidlanadi va bu vaqtda nisbatan kup issiqlik chiqadi. Bu esa o‘choq gazi xaroratini juda yuqoriga kutarilishiga olib keladi. Bu juda xavfli, chunki katalizator erib ketishi mumkin. SHuning uchun 1-nchi qatlamga kirayotgan o‘choq gazi 440oS da emas, 370oS lar atrofida beriladi. Undan tashqari ajralib chiqayotgan reaksion issiqlikdan unumli foydalanish uchun qatlam ichiga ilonsimon issiqlik almashgichlar joylashtiriladi. U erga kimyoviy tozalangan suyuq suv berilib, o‘ta qizigan bug‘ga aylantiriladi. Kontakt apparatining yuqori qismi kengroq qilib ishlanadi. U erda o‘choq gazining chizikli tezligi to‘satdan pasayib,qumsimon mayda katalizator o‘choq gazidan nisbatan yaxshiroq ajralib olinadi. Xuddi shu maqsadlar uchun kontakt apparatining tepasiga joylashtirilgan to‘siq ham qiladi. Amaliyotda xozirgi vaqtda asosan filtrlovchi qatlamli kontakt apparatlar ishlatiladi. Ularning birlamchi quvvati yiliga 500 000 t. sulfat kislota ishlab chiqarishni ta’minlaydi. “Qaynar qatlam”lilari esa xozirgi paytda tekshirishdan utkazilmoqda, sababi tez maydalanmaydigan katalizatorning topilmaganligidadir.
Tayanch so‘zlari:
1.Katalizning oraliq mahsulot hosil qilish nazariyasi.
2.Vannadiy katalizatorlaridagi aktiv kompleks moddasi.
3.Katalizator zaharlanishining turlari.
4.Mish’yak birikmalarining vanadiy katalizatoriga ta’siri.
5.Oltingugurt dioksidini oksidlanish kinetikasi.
6.Oksidlanish tezligini temperaturaga bog‘liqligi.
7.Amaliy oksidlanish darajasini temperaturaga bog‘liqligi diagrammasi.
8.Oltingugurt dioksidini ikkilamchi oksidlash.
9.Sovutish usuliga qarab kontakt apparatlarini turlari.
10.Katalizator holatiga qarab kontakt apparati turlari
Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling