Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/36
Sana08.09.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1674476
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Demokrit hayoti: Demokrit miloddan avvalgi 460-yildan 
370-yilgacha yashagan deb hisoblanadi. Binobarin, u Platonning 
katta zamondoshi bo‘lgan. Demokrit Frakiyadagi Abderi koloniyasida 
lug‘ilgan. Ma’lumki, u Afinaga tashrif buyurgan va Sharq hamda 
Misrga bir necha uzoq muddatli sayohatlarga chiqqan. Ehtimol, u bi- 
lish va tadqiqotchilik maqsadlarida sayohat qilgan. U badavlat oilaning 
farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini kambag‘allikda 
o‘tkazdi. Bor umrini donishmandlikka bag‘ishladi.
Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag'anada 
kechay-kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. Demokrit keng 
bilimlarga ega bo‘lgan. U o‘z zamonidagi fanning ko‘pgina sohalarida 
samarali ish olib borgan. Uning bir necha asarlari nomini keltirish 
bilanoq qiziqishlarining keng doirasini ko'rsatish mumkin bo‘ladi. 
«Buyuk diakosmos», «Vrachlik fani», « 0 ‘limdan keyingi narsalar 
haqida», «Tabiatning tuzilishi haqida», «Jahon tartiboti va tafakkur 
qoidalari haqida», «She’riyat to‘g‘risida», «Dehqonchilik to‘g‘risida», 
«Matematika to‘g‘risida», «To‘g‘ri nutq va tushunarsiz so‘zlar 
to‘g‘risida», «Yoqimli va yoqimsiz harflar to‘g‘risida» va hokazo.
Demokrit asarlaridan 200 dan 300 gacha parcha saqlanib qolgan. 
Muayyan ma’noda bu ko‘pdir, lekin Demokritning ulkan ijodi 
mahsuldor bo‘lganligini hisobga olsak, biz faqat uning asarlarining 
nisbatan kam qismiga egamiz. Shuning uchun bizning uning qarashlarini 
talqin etishimiz Demokrit haqidagi mavjud ikkilamchi axborotlardan 
foydalanadigan qayta ta’mirlashlardan iborat bo‘ladi.
Anaksagor hayoti: Anaksagor taxminan miloddan avvalgi 
498-yildan 428-yilgacha yashagan. U yoshlik yillarini Klazomena 
shahrida o‘tkazgan, ba!og‘at yoshida Afinada istiqomat qilgan va u 
yerda intellektuallar o‘rtasida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan. 
Anaksagor Perikl (taxminan miloddan avvalgi 495—429-yillar) 
muhitiga mansub bo‘lgan, lekin o‘zining an’anaviy e’tiqodlarga zid 
bo‘lgan qarashlari sababli Afinani tashlab chiqib ketishga majbur 
bo'lgan. Boshqa narsalardan tashqari, u quyosh xudo emas, balki katta 
yolqinlanib turgan tanadir, deb ta’kidlagan. Anaksagor asarlarining 22 
(a parchasi saqlanib qolgan.


Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan so‘ng uning na kulgani 
va na tabassum qilganini ko‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil 
olgan. Anaksagor falsafaga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, xoljalik 
ishlari qarovsiz qolib, butun yer-mulki poda boqiladigan yaylovga 
aylangan. Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga 
duchor bo‘lgan. Bir qancha muddat turmada o‘tirgan. Anaksagoming 
faqat «Tabiat haqida» nomli asari bizgacha yetib kelgan.

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling