H ayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam
psixikasi taraqqiyoti esa ijtim oiy taraqqiyot qonunlari bilan belgi-
lanadi.
2.
Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyiliga ko‘ra,
ong va
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular
bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatning ichki rejasini,
dasturini
tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-hara-
katlari va faoliyatlarini o ‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan
maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta ’minlovchi ichki psixo
logik
mexanizm, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga
imkon beradi.
3.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Bu tamo-
yilning mohiyati, psixikaga taraqqiyot mahsuloti
va faoliyat natijasi
deb qaralsa, uni to ‘g‘ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin.
Bu tamoyil L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, V.M.
Teplov kabi psi-
xologlar ishlarida o ‘z aksini topgan. L.S. Vigotskiy ta ’lim psixikani
rivojlantirishga yo'naltirishini, P.R Blonskiy esa tafakkuming kichik
maktab yoshida o‘yinlar bilan obspirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq
tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L. Rubinshteyn «Ong faoliyatda pay
do bo‘lib, faoliyatda shakllanadb> degan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: