Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lao-Szi (miloddan avvalgi 579— 499-yiIlar)
JIZZAX DPI
INV № « Ш З & З AXBO RO T RE8U RS MARKAZI Qadimgi Xitoy tibbiy manbalari (er. av. VIII asrga oid «Ichki olam haqidagi kitoblar»)dan ma’lum bo‘lishicha, bosh organ «tana knya- zi» bu yurak bo‘lib, hayotiy jarayonlar asosan havosimon Si elementi bilan bog‘liq. Tanadagi boshqa elementlar bilan aralashib, Si fiziologik jarayonlami va psixik fe’lni bajaradi deb hisoblangan. «Yurak fikr- ni harakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi, jigar esa xissiyotlarimiz asosidir» deb ta’kidlaydi, qadimgi Xitoy tabiblari. Tabiblar o‘sha davrdayoq temperament haqidagi ma’lumotni yaratdilar. Bu ma’lu- motga ko'ra temperament 3 ta element: Havosimon Si elementi, qon va balg‘amning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 1. Agar qon ko‘p bo‘lsa: odam kuchli yo‘lbarsdek jasur bo‘ladi. 2. Agar Si elementi ko‘p bo‘lsa: odam maymun kabi beqaror, harakatchan bo‘ladi. 3. Agar shilimshiq modda ko‘p bo‘lsa, odam kamharakat sust bo‘ladi. Xuddi Hindistonda bo‘lgani kabi er. av. I-ming yillikning o‘rtalarida paydo boMgan Xitoy falsafasi maktablari o‘zining etik yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Shunday maktabning eng yirigi Lao-Szi asos solgan maktab hisoblangan. Lao-Szi (miloddan avvalgi 579— 499-yiIlar) xitoylik faylasuf Lao- Szi Chu podshohligining fuqarosi bo‘lib, asl ismi Li Er edi. Lao-Szi «ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, «qariya» degan idir. Lao-Szi Chjou saroyida arxiv xodimi bo‘lib xizmat qilgan. Konfutsiy bilan uchrashgan. Lao-Szi Chjou saltanatining inqirozga yuz tutganini ko‘rib, «iste’foga» chiqadi va tarki dunyo qilib, G‘arbga qarab yo‘l oladi. Chegaraga yetib kelganda chegara boshlig‘i undan o‘z vataniga nimadir qoldirib ketishni so'raydi. Li Er chegara boshlig‘iga 5000 belgidan iborat qo‘lyozmani topshiradi. Bu tarixda «Daodeszin» («Ez- gulik yo‘li yoki kuch va harakat haqidagi kitob») nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining mohiyati haqida so‘z boradi. Bu «odamlar yuradigan yo‘1», degan ma’noni bildiradi. Hozirga kelib «Dao» qonuniyat, qonun degan ko‘chma ma’noni anglatadi. Buyuk ishlar, albatta mayda ishlardan boshlanadi. Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi. Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir. Buyuk to‘g‘rilik egrilikka, buyuk zakovat axmoqlikka o‘xshaydi. Lao-Szining haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Faqat shu narsa ma’lumki, u Konfutsiyning zamondoshi bo‘lgan. U yolg‘iz yashagan va mashhurlikdan obzini yiroq tutgan, deb hisoblanadi. Lao-Szining nomi «Dao de’szin» (Yo‘l va uning saxovati haqidagi kitob yoki Dao va de haqidagi kitob) degan asar bilan bog‘liqdir, lekin bu asami uning yozganligi aniq emas. Bu asar uning muxlislari tomonidan bitilgan bo‘lishi ham mumkin. «Dao de’szin» daosizm falsafasiga doir klassik matndan iborat. Uni tushunish qiyin, talqin qilishda esa katta muammolar ko‘ndalang bo‘ladi. Geraklit singari Lao- Szini ham ko‘pincha «sirli» va «o‘qib bo‘lmaydigan» deb atashadi. «Dao de szin» asari tabiat yoki borliqqa oid xitoy falsafasiga qo'shilgan katta xissa bo‘ldi. Bu uning amaliy yo‘nalishdagi konfutsiychilik an’analariga o‘xshagan ayrim markaziy falsafiy qoidalaridan ham yaqqol ajralib turadi. Lao-Szi uchun «dao» tushunchasi fundamental tushuncha hisob lanadi. Dao «noaniq», «cheksiz», «o‘zgarmas», «makon va zamon- da cheksiz», «tartibsizlik va shakl» deb hisoblangan deyiladi adabiyotlarda. Bunga o‘xshash so‘zlar vositasidagi ifodalashlar faqat o‘zlari ifodalaydigan narsalarning alomati bo‘lishi mumkin. Qat’iyroq qilib aytganda, til bunday holda adekvat bo‘la olmaydi, chunki uni hatto salbiy ta’riflar orqali ifodalashda ham daoning nima bo‘lishini darhol faraz qiladi. G‘arb tafakkurida bunga o'xshash yondashuv salbiy (apofatik) teologiyaga o‘xshaydi, unga ko‘ra biz Xudo to‘g‘risida ijobiy fikr bildirishga ojizmiz. Biz faqat uning nima bo‘la olmasligini ta’kidlashimiz mumkin. Shu bilan birga Lao-Szining Dao haqidagi fikrlari grek naturfalsafasi qo‘llagan savollar va javoblar tiplari bilan ko‘p!ab umumiylikka ega fikrlarga o‘xshab tuyuladi. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling