Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
Psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiyaning mustaqil fan bo‘Iib rivojlanishi
Psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi
Xronologiya Bosqichning mazmuni Natija Er.av. V-VI asrlar Psixika haqidagi dastlabki ilmiy fikrlaming paydo bo'lishi va rivojlanishi Ruh haqidagi fanning paydo bo‘Iishi va unda 2 yo'nalish - materialistik va idealistik yo'nalishlaming pay do bo‘lishi. Psixik jarayonlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, afFekt, iroda haqidagi ilk empirik bilimlaming paydo bo‘lishi. Tana va ruh muno- sabatiga har xil yondasxish. V— VIII asr Ruh haqidagi farming falsafiy ta’Iimot doirasida tibbiy bilimlar asosida rivojlanishi Tomistik psixologiyaning paydo bo‘lishi. XV-XVI asr Ruh haqida fanning ana- tomik-fiziologik bilimlar asosida rivojlanishini davom ettirish. Tadqiqot obyekti sifatida ruhni inkor etish, «Psixologiya» terminini kiritilishi. Psixologiyaning mustaqil fan bo‘Iib rivojlanishi Xronologiya Bosqichning mazmuni Natija XIX asr boshidan XIX asming 60-yillarigacha Psixologiya mustaqil fan ekanligini ta’kidlovchi ilk bilimlaming paydo bo‘lishi. Nerv sistemasi va sezgi organi faoliyatini eksperemental metod bilan o‘rganila boshlashi psixo- fizika va psixogeometriyaning pay do bo‘lishi, sezish va idrok etish teoriyalarining kashf etilishi. XIX asming 60-yillaridan XIX asming oxirigacha Psixologiyaning bevosita mustaqil fan sifatida rivojlanishi Eksperemental metodlar psixo- logiyadan mustaqil o‘rin egal- lashi psixologiyada amaliy tadqi- qotlaming paydo bo‘lishi fanda yan- gi tannoqlaming vujudga kelishi 2 - asming 10-30-yillari Psixologiyada ochiq krizis /inqiroz/ Chet el psixologiya maktablari, bixeviorizm 30-50-уШаг Inqirozning tugallanishi Yangi tarmoqlar: genetik psixologiya, shaxs psixologiya sining paydo bo‘lishi, yangi maktablar, neobixeviorizm, neo- freydizmning vujudga kelishi 60-yillar Yangi nazariy va amaliy qidirish Yangi yo‘nalish: gumanistik psixologiya, logopediya, kognitiv psixologiyaning paydo bo‘lishi, psixologiya predmetining tahlil qilinshi, ongsizlik masalasiga katta e’tibor, sotsial psixologiya masalalarini chuqurlashtirish Psixologiya tarixining manbalari bo‘lib, psixologik bilimlami to ‘plashni aks ettiruvchi barcha materiallar eng, avvalo, o ‘tmish - psixologlarining, faylasuflarining asarlari ham da tibbiyotga, ayniqsa,, psixatriya sohasiga oid bilimlar, shuningdek, boshqa fanlar - tabiatshunoslik, fizika, kimyo, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning m a’lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi. Idealizm (fransuzchadan idealisme) — idealizm: falsafaning bosh masalasida — ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama - qarshi o ‘laroq ong, ruh birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunchalarning mahsulidir deb da’vo qiluvchi g‘ayri ilmiy faisafiy oqim. ldealistlar materialistlarga qarama-qarshi o ‘laroq, psixika tan bilan yashirin yo'sinda birlashgan, inson o‘lgach, tanani tashlab «narigi dunyoga», g ‘oyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo‘lmagan qandaydir ilohiy substansiya yoki mohiyatning namoyon bo‘lishidir deb tushunadilar. Materializm (lotincha materialis — moddiy) materialism falsafasi- dagi ikki asosiy oqimdan biri, y a’ni idealizmga qarama-qarshi o ‘laroq, birdan-bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Falsafa tafakkur- ning borliqqa munosabati haqidagi bosh masalasini hal qilishda m ate rializm, dunyo o ‘z tabiatiga ko‘ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog‘liq bo‘lmagan ho Ida mavjuddir, mate rial birlamchi hamda sezgilaming manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosi- la narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to‘liq bilish mumkin, deb ta’lim beradi. Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval qadimgi Hindiston, Xitoy va Gretsiyada paydo boigan. Qadimgi M isr va Hindistonda qalb haqidagi ta ’limotlar. Eramizgacha bo‘lgan IV ming yillikda buyuk Efrot, Nil, Hind va Xuanxe daiyolari vohalarida davlatchilikning birinchi o‘choqlari paydo bo‘lganligi kuzatiladi. Bulardan birinchilar qatorida qadimgi misrliklar uchun Misr buyuk mamlakat sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Misrliklaming ruhiy hayot, haqidagi tasavvurlari o ‘ta murakkab tasavvuf, g‘ayritabiiy tasavvur-diniy e’tiqodning umumiy tizimidan ajralmagan holda rivojlangan edi. Ularning tasavvuri bo‘yicha oddiy insonda 5 ta alohida qalb bo‘lib, bular: Ka, Ba (ayollarda shunga muvoflq Xemsut va Bat), Ax, Shuitva, Ren, Xudo va hukmronlarda bunday qalblar bir necha baravar ko‘proq bo‘lgan. Masalan, Ra tangrisida Ba 7 ta, Ka esa 14 ta. Shuit — bu «soya» bo‘lsa, Ren — «ism»ni bildirgan. Qalblardan biri «ikkilangan» (aynan o‘xshash) bo‘lib, bu Ka.Ka insonning ruhiy ibtidosi bo‘lib, u bilan birlashish hayotni anglatgan. Miloddan aw algi V asrda Hindistonda Upanishadlar falsafiy hayotda muhim o'rin egallagan bir paytda, uning diniy hayotida veda an’analari ustunlik qilardi. Yangi budda ta’limoti qadimgi veda adabiyotlariga keskin qarshi chiqdi va marosimlar hamda urf-odatlaming hamma shakllarini inkor etdi. Ayni bir paytda u Upanishadlar muayyan bir qis- mining tanqidiy idrok etishgan. Mantiqqa zid-ku, lekin Budda spekulyativ va diniy tafakkurlar g‘oyat salbiy munosabatda edi. Hozirgi sharhchilar ma’lum darajadagi anaxronizm bilan uni «empirisist» va «skeptik» sifatida tavsiflashadi. Ehtimol, Buddaga tegishli bo‘lgan matnlar uning keyinchalik ilohiylashtirilishi uchun asos bermaydi. Upanishadlaming ko‘plab parchalari singari yangi ta’limot ham insonning ozod etilishi yoki xalos boMishiga qaratilgan. Ozodlik holatini Budda nirvana deydi. Bu atama ko‘p jihatdan boshqa an’analardagi moksha atamasiga muvofiq keladi. Buddaning o‘zi erishgani kabi nirvanaga erisxishni xohlaydigan kishi o‘zini bu dunyo bilan bog* lab turgan hamma narsadan, shu jumladan, falsafiy va diniy ta’limotlardan ham xalos qilishga o‘rganishi kerak. Budda sol bilan analogiyadan foydalanib, bunday talabning narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tishga majbur. U daraxt poyalarini yig‘adi va ulami novdalar bilan bog‘lab mustahkam sol yasaydi, shu sol yordamida daryoning narigi qirg‘og‘iga eson-omon yyetib oladi. U maqsadga erishgach, o‘ziga o‘zi bu solning haqiqatdan ham yaxshi va foydali bo‘lganligini ta’kidlaydi. U solni o‘zi bilan birga olib kyetishga qaror qiladi va miyasiga joylab, yo‘lga tushadi. Shunday qilib, u endilikda unga ortiq kerak bo‘lmagan solni qirg‘oqda qoldirib kyetadi. Bunday analogiya ma’nosi shundaki, yangi ta’limot ham solga o‘xshaydi. Sol uni o‘zi bilan birga olib ketishi uchun emas, balki uning yordamida daryoni kesib o‘tish va nirvanaga erishish uchun mo‘ljallangan. Falsafaning maqsadi haqidagi bunga o‘xshash tasavvurlar uning tarixida bir necha marta paydo bo‘lgan. Ularga binoan, falsafa shunchaki egallab qo‘yilsa yomon bo‘lmaydigan narsa emas, balki vositadir. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling