Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan) — 289-yillar)


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana08.09.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1674476
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan) — 289-yillar) «Men 
koinot fuqarolaridanman», degan ekan Men-Szi. U Xitoyning hozirgi 
Shandun viloyati hududida joylashgan Lu xonligida tug‘ilib o ‘sdi. 
Men-Szi Konfutsiyning nevarasi Szi Si qo'lida tahsil olgan. Bu faylasuf 
mamlakatni muvafFaqiyatli idora etishning 12 qoidasini ishlab chiqqan.
0 ‘zining ana shu g‘oyalarini amalga tatbiq etish niyatida u hukumat 
tizimiga ishga kirish uchun Xitoyning turli xonliklarini kezib, qisqa 
muddat Si xonligida maslahatchi bo‘lib ishlagan. Insonparvarlikka


tayangan holda davlatni boshqarish g'oyalarini hayotga tatbiq etish 
yoMidagi behuda urinishlardan so‘ng Men-Szi vatani Luga qaytadi va 
g‘oyaviy qarashlarini o‘zi tashkil etgan maktab, shogirdlari, kitoblari 
orqali targ‘ib va tashviq qiladi.
Men-Szining asosiy asari «Меп-Szi» deb ataladi. Lyudvig Feyerbax: 
«Men-Szi Xitoyning Konfutsiydan keyingi eng buyuk faylasufidir», -
deb yozgandi.
Konfutsiy kabi u ham inson tug‘ma ravishda yaxshi bo‘ladi va 
bunday yaxshilik tarbiya yo‘li bilan rivojlantirilishi mumkin, deb 
hisoblagan. U ham o‘z davridagi ko‘plab xitoylik faylasuflarga o‘xshab 
o‘z umrini turli imperatorlik saroylarida o‘tkazgan va shahzodalarga 
saxovat, insonparvarlik va adolatdan ta’lim bergan. Lekin Konfutsiyda 
yana bir oqim Syun-Szi asos solgan oqim paydo bo‘ldi.
Syun-Szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235-yillar) Qadimiy 
Xitoy faylasufi Syun-Szi Chjao hoqonligida dunyoga keldi. Miloddan 
avvalgi 266-yilda Chjaoni tark etib, Sinn saltanatiga jo ‘nadi va bu yerda 
hoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 264-yili faylasuf Si hoqonligiga kelib, «Szisya» 
akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga 
ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi.
0 ‘ta mustaqilikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani 
bois Syun-Szi 255-yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan 
Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu yerda Lanlin tumaniga hokim 
qilib tayinlanadi.
Miloddan avvalgi 250-yilda Syun-Szi vazifasidan ozod etiladi va 
Chjao xonligiga qaytib boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu hoqonligi 
Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta tiklanadi. Miloddan avvalgi 
238-yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-Shen viloyatining 
hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-Szi noiloj davlat xizmatidan ketadi. 
U Lanlin viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda «Syun- 
Szi» deb nomlangan asarini yozishga kirishadi.
Hukmdorlar-u vazirlar bilan dadil muloqotda bo‘lib, o‘z fikrini 
lap tortmay ayta olgan Syun-Szi hayotini qashshoqlik va faqirlikda 
o‘tkazadi. Zamondoshlari uning falsafiy salohiyatini munosib qadrlay


olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi. Uning fikricha inson 
o‘z tabiatiga ko‘ra badjahl bo‘lib, mehribonlik bu tarbiyaning natijasidir. 
Axir bunday bo‘lmaganda insonni tarbiyalashga hojat qolmas edi-ku! 
0 ‘zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Inson harakteri kulol loydan 
yasagan ko‘zaga o‘xshaydi deb ta’kidlanadi, Syun-Szi tomonidan.
Syun-Szining g‘oyalarini targ‘ib qilishda faollik ko'rsatgan 
shogirdlaridan biri Xan Feydir.

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling