Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan) — 289-yillar)
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Syun-Szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235-yillar)
Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan) — 289-yillar) «Men
koinot fuqarolaridanman», degan ekan Men-Szi. U Xitoyning hozirgi Shandun viloyati hududida joylashgan Lu xonligida tug‘ilib o ‘sdi. Men-Szi Konfutsiyning nevarasi Szi Si qo'lida tahsil olgan. Bu faylasuf mamlakatni muvafFaqiyatli idora etishning 12 qoidasini ishlab chiqqan. 0 ‘zining ana shu g‘oyalarini amalga tatbiq etish niyatida u hukumat tizimiga ishga kirish uchun Xitoyning turli xonliklarini kezib, qisqa muddat Si xonligida maslahatchi bo‘lib ishlagan. Insonparvarlikka tayangan holda davlatni boshqarish g'oyalarini hayotga tatbiq etish yoMidagi behuda urinishlardan so‘ng Men-Szi vatani Luga qaytadi va g‘oyaviy qarashlarini o‘zi tashkil etgan maktab, shogirdlari, kitoblari orqali targ‘ib va tashviq qiladi. Men-Szining asosiy asari «Меп-Szi» deb ataladi. Lyudvig Feyerbax: «Men-Szi Xitoyning Konfutsiydan keyingi eng buyuk faylasufidir», - deb yozgandi. Konfutsiy kabi u ham inson tug‘ma ravishda yaxshi bo‘ladi va bunday yaxshilik tarbiya yo‘li bilan rivojlantirilishi mumkin, deb hisoblagan. U ham o‘z davridagi ko‘plab xitoylik faylasuflarga o‘xshab o‘z umrini turli imperatorlik saroylarida o‘tkazgan va shahzodalarga saxovat, insonparvarlik va adolatdan ta’lim bergan. Lekin Konfutsiyda yana bir oqim Syun-Szi asos solgan oqim paydo bo‘ldi. Syun-Szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235-yillar) Qadimiy Xitoy faylasufi Syun-Szi Chjao hoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi 266-yilda Chjaoni tark etib, Sinn saltanatiga jo ‘nadi va bu yerda hoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi. Miloddan avvalgi 264-yili faylasuf Si hoqonligiga kelib, «Szisya» akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi. 0 ‘ta mustaqilikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani bois Syun-Szi 255-yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu yerda Lanlin tumaniga hokim qilib tayinlanadi. Miloddan avvalgi 250-yilda Syun-Szi vazifasidan ozod etiladi va Chjao xonligiga qaytib boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu hoqonligi Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta tiklanadi. Miloddan avvalgi 238-yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-Shen viloyatining hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-Szi noiloj davlat xizmatidan ketadi. U Lanlin viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda «Syun- Szi» deb nomlangan asarini yozishga kirishadi. Hukmdorlar-u vazirlar bilan dadil muloqotda bo‘lib, o‘z fikrini lap tortmay ayta olgan Syun-Szi hayotini qashshoqlik va faqirlikda o‘tkazadi. Zamondoshlari uning falsafiy salohiyatini munosib qadrlay olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi. Uning fikricha inson o‘z tabiatiga ko‘ra badjahl bo‘lib, mehribonlik bu tarbiyaning natijasidir. Axir bunday bo‘lmaganda insonni tarbiyalashga hojat qolmas edi-ku! 0 ‘zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Inson harakteri kulol loydan yasagan ko‘zaga o‘xshaydi deb ta’kidlanadi, Syun-Szi tomonidan. Syun-Szining g‘oyalarini targ‘ib qilishda faollik ko'rsatgan shogirdlaridan biri Xan Feydir. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling