Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.
Atman bilan braxman to‘g‘risidagi tezis atman absolyutga tengdir,
deb talqin etilishi mumkin. Faqat ana shunday sharoitda individ o‘ limdan keyingi yangi qayta tirilishlarga qodir bo‘ladi. Hind falsafasiga binoan odam sansciradan, hayotlar va o‘limlar «xorovodi»dan xalos bo‘lishi lozim. Butun hind falsafasi mujassamlasxishlaming abadiy siklidan xalos bo‘lish (moksha) yo‘lini izlaydi. Bunday qoida nafaqat Upanishadlarda, shu bilan birga buddizm falsafasida ham yetakchi o‘rin tutadi. Hind falsafasining bu sikldan xalos boiishga nima uchun bunchalik alohida e’tibor qaratganligini qisqacha ko‘rib, chiqamiz. Shubhasiz, bu unga xos bo‘lgan, karma haqidagi ta’limotda ifodalangan faoliyat tushunchasi bilan bog‘liq edi. Unga ko‘ra, bizning xatti-harakatlarimiz navbatdagi hayotda «braxman» yoki kaltakesak bo‘lib qayta tug‘ilishimizni belgilab beradi - bu million-million imkoniyat ichidan bizning peshonamizga bitishi mumkin bo'lgan atigi ikkitagina taqdirdir. Karma ko‘pincha butun hind falsafasining o‘zagi bo‘lgan asosiy lushuncha sifatida ko‘rib chiqiladi. Karma xatti-harakat, amalni anglatadi. Karmacha fikrlash uslubi deb ataladigan uslub ayni bir vaqtda falsafaning axloqiy va metafizik mezonlarini ochib beradi, ular hozirgi G‘arb falsafasida odatda bir-biridan ajratib qo‘yilgan. Bu karmaning reinkamatsiyaga, qayta tug‘ilishga ishonch va axloqiy sabablilik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Biz har bir kishi o‘zi xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz, lekin bu yerda yana keyingi hayotda yaxshiroq holatga erisxish imkoniyati ham mavjud. Boshqacha aytganda, saxovatpesha kishi uchun yaxshilikka, gunohkor odamga esa — yomonlikka tomon istiqbollar ochiladi. Dunyodagi barcha nomukamalliklar va azob-uqubatlar odamning o‘z xatti-harakatlarining oqibatidir. Biroq muayyan tabaqaga mansublik odam uchun yaxshi va yomon bo‘Iib hisoblanadigan narsani jiddiy darajada taqdim etadi. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo‘lish huquqini o‘zlarining bundan oldingi hayotida «ishlab topgan». Karma haqidagi tasaw ur Yevropacha tafakkurga butun lay yot emas. U jumladan, «har bir kishi o‘z baxtining yaratuvchisidir» va «nima eksang, shuni o‘rasan» kabi maqollarda ifodalangan. Biroq Yevropacha tafakkurda, hindlamikidan farqli ravishda, axloqiy sabablilik reinkamatsiya bilan bog‘lanmaydi. Reinkamatsiya g‘oyasi - bu spetsifik hindcha fenomendir. Shunday qilib, hind falsafasida axloqiy xatti-harakatlar «aylanish»ga kiritilgan. Reinkamatsiya to‘g‘risidagi ta’limotning G‘arbdagi ko‘pgina talqinlari, ayniqsa, yangi davrga oidlari uni individning ko‘plab hayotlari yoki hatto uning abadiy hayoti haqidagi g‘oyaning ifodasi sifatida ко‘rib chiqilgan. Masalan, Nisshening hind falsafasi kayfiyatlari bilan sug‘orilgan hamma narsalaming «abadiy takrorlanishi» to‘g‘risidagi nazariyasi borliqni xristiancha tushunishga pozitiv muqobillik sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ehtimol, reinkamatsiya g ‘oyasini u o‘lim oldidagi qo‘rquvni bartaraf etishi va bizga takror va takror yangicha yashash, ya’ni amalda cheksiz sonli umrlami yashash imkoniyatini berishi uchun ham ijobiy baholasa kerak. Biroq bunday mulohazalar shaxsni karmaga oid shakl o‘zgarishlar zanjiriga singdirib yuboradigan hindcha dunyoqarashga unchalik muvofiq kelmaydi. Darhaqiqat, xatti-harakatlar (shu jumladan, nutq va tafakkur), xoxish -istaklar va ehtiroslar muammosi hind falsafasi uchun asosiy muammolar bo‘lib hisoblanadi. Reinkamatsiya haqidagi ta’limotning ta’kidlashicha, bizning navbatdagi hayotdagi mavjud bo‘lish shaklimiz bu hayotdagi orzularimiz va ehtiroslarimizni aks ettiradi. Buni o‘z yo‘lida uchraydigan hamma narsani yeb, hazm qilib yuboradigan kapalak qurti bilan qiyoslash o‘rinli bo‘lishi mumkin. Kapalak qurtiniki kabi xohish-istaklarga ega bo‘lgan kishi navbatdagi hayotida unga aylanadi. Kapalak qurti G‘arb mentalitetining tobora ko‘proq va beto‘xtov iste’molga nisbatan to‘yim bilmas ehtiros bilan ifodalanadigan xususiyatining obrazi bo‘ladi. Shu sababli kapalak qurtiga aylanmaslik uchun unga xos bo‘lgan xatti-harakatlar va xohish- istaklardan yiroq bo‘lish kerak. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling