Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.
3.
Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari. Psixologiyaning butun tarixi davomida ideal izm va materializm o‘rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik hodisalami o‘zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaveradi. «Biz o‘zimizni o‘tmish bilan birga ko‘rishimiz kerak», chunki biz unga tayanamiz. Umu miy psixologiyaning predmet va metodlaridan farqli ravishda psixik voqelikni emas, uning rivojlanish tarixi haqidagi fikrlar turli davrlarda qanday bo‘lganligini o‘rganadi. Psixologik fikming o‘zi o‘z tarixiga ega. Bu tarixning vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishini analiz qilish psixologik fikrlar taraqqiyoti davomida psixologiya fanning predmeti bo‘lib, avval ruh, keyin ong, keyin xulq-atvor hisoblanadi. Oxirgi fan hozirgi turgan bosqichda, avvalgi bosqichlarda ajratib tashlagan psixika va xulq-atvor faoliyat birligi tiklandi. Umuman psixologiyada fikrlar taraqqiyoti hech qachon bir tekisda kechmagan. Ba’zi davrlarda u zigzaglar bilan xarakterlangan bo‘lsa, ba’zida ortga qaytgan yoki bir joyda turib qolgan. Har bir bosqich o‘z yutuq va kamchiliklariga ega bo‘lgan. G. Ebbengauz aytganidek: «Psixologiya uzoq o‘tmishga va qisqa tarixga ega». Psixologiyaga oid bilimlaming rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondashilsa, XVII asr psixologiyasiga hududiy-territorial jihatdan yondashilsa, Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday davrlashtirish nisbiy- dir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish jadvali ham navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak. Psixologiya tarixi 2 ta davrga ajratiladi. Ular o‘z navbatida kichikroq davrlarga boMinish prinsipiga asosan tuzilgan. 1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu er.av. VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 ming yil davom etgan davrdir. 2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling