Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana08.09.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1674476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

1-M a v z u : PSIXOLOGIYA TARIXI
Reja:
1. Psixologiya tarixi faniga kirish.
2. Psixologiya tarixi fanining predmeti va metodlari.
3. Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari.
4. Psixologiya rivojlanishining asosiy omillari va tamoyillari.
Tayanch so tzlar: psixologiya tarixi, fanning predmeti, metodlari, 
fanning rivojlanish borsqichlari, fanning asosiy omillari va tamoyil­
lari.
1. 
P sixologiya tarixi faniga kirish. H ar bir fan o‘zining tari- 
xiga egadir. 0 ‘rgatilayotgan h ar b ir nazariy qarashlarning o ‘ziga 
xos b o ‘lgan tarixini o ‘rganish zarur. F anning tarixini bilish hozirda 
oldinga q o ‘yilgan m aqsadni to ‘la yechishga im kon beradi va katta 
aham iyatni kasb etadi. F ay lasu f A rastu «eksperim ental va nazariy 
psixologiyani talqin qilish uchun shunday qiyoslash o ‘tkazish za- 
rurki, bu yerda hozirgi kun m uam m olarini k o 'ray lik va tarix bilan 
m uloqotga kirishaylik» deb takidlaydi. Tarixga nazar solib yangilik 
yaratish psixologiya fanining yangi qirralarini ochib beradi. Psi- 
xik xususiyatlar va jaray o n lar to ‘g ‘risida barcha ilm iy qarashlarni 
o ‘rganishda em pirik m a’lum otlarni shartli ravishda y o ‘nalishlarga 
ajratish lozim .
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va m azm undor 
bilim lar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tom onidan 
hayvonlarga va insonlarga xos b o ‘lgan psixik hayot hodisalari ha- 
qidagi bilim larning asta-sekin to 'p lan ib borishi tarixidir. Insonning 
o‘zi haqidagi bilim larni to ‘plab ham da chuqurlashtirib borishidir. 
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanm iz, inson va hayvon- 
lar psixik hayotini o ‘rganishga bo‘lgan intilish kishilar hayotining 
har xil tarixiy bosqichlarida qanday nazariy va am aliy ehtiyojlar


taqozo qilinganligini, ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bi- 
lib olamiz.
Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va mada- 
niyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar 
sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yagona boMgan 
psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar 
sistemasi darajasiga ko‘tarilganligi haqida ham m a’lumot beriladi. 
Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imko- 
niyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko‘maklashadigan 
foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda katta 
o‘rin tutadi.
Psixologiya tarixi shaxsning o‘ziga xos boigan psixik xususiyat- 
lari, g‘oyalari, dunyoqarashi, rivojlanishi va takomillasxish qonuniyat- 
larining psixik mexanizmlarini o‘rganadi. Ma’naviy va ilmiy ahami- 
yatga ega bo‘lib, buyuk allomalar, faylasuflar, olimlar va shaxslaming 
hayoti, qarashlari, ilmiy yo‘nalishlari, g‘oyalari o‘rganiladi.
2. 
Psixologiya tarixi fanining predmeti va metodlari. Psixologi­
ya tarixi fanini o‘rganishda psixik haqiqiylik emas, balki tasavvurlar 
o‘iganilgan har bir davrda o‘ziga mos bo‘lgan. Fanning ruvojlanish 
jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi aniqlangan 
va ular 319 yo‘nalishga ajratilgan. Birinchi, qalb haqida fan ekanligi, 
ikkinchisi ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir. Psixo­
logiya tarixi to‘g‘risida ta’limotlaming haqiqiylik darajasini belgilaydi- 
gan mezon ilmiy qarashlaming bir-biridan farqlari bo‘lib, ular ba’zida 
umuman tan olinmas edi. Psixologiya tarixi fani rivojlanishida ahami- 
yat kasb etadigan yutuq va kamchiliklari yangi haqqoniy psixologik 
qarashlami keltirib chiqarar va shu davrga mos ravishda tahlil qilingan. 
Psixologiya tarixini o‘rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat 
kasb etadi.
Psixologiya tarixi fanining vazifalari. Psixologiya fanining 
paydo bo‘lishida hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar 
nazariy qarashlar, faylasuflar va psixologlar asarlari asosiy manba 
hisoblanadi. Psixologiya rivojlanishda — tibbiyot, ta ’lim, tarbiya, 
yuridik amaliyot, amaliyot katta o ‘rin egallaydi. Psixologiya fani


rivojlanishida boshqa fanlarning ahamiyati katta bo‘lib ular bir- 
biriga bog‘liqdir. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari 
mazmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi, awalo, insoniyat tomonidan hayvonlarga va in- 
son larga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlaming asta- 
sekin to‘planib borish tarixidir. Insonning o‘z-o‘zi haqidagi bilimlar- 
ni to‘plab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bi­
lan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o‘rganishga 
bo‘lgan intilish kishilar hayotining har xil tarixiy bosqichlarida, ular- 
ning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilganligini, 
ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, 
qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ba’zi 
qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ba’zi qonuniyatlari qanday 
ochilganligini bilib olamiz.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bi- 
lish imkoniyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga 
ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi 
va yaratilishi katta o‘rin tutadi. Psixologiya hech qachon ajralgan 
fan bo‘lmagan: u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bog‘Iiq holda 
taraqqiy etib borgan. Umumfan taraqqiyoti tarixida u bog‘lanishlar 
kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari psixologiya 
taraqqiyotiga qanday ta’sir ko'rsatganligini, bilim sohalarining ta- 
raqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo‘lganligini, psixo- 
logiyaning ilmiy yutuqlari amaliyotda qanday tatbiq qilinganligini 
kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi (shuningdek, filosofiya tarixi) davomi- 
da idealizm bilan materializm o‘rtasida kurash ketgan. Bu kurash psi­
xologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya pred- 
metining tushinishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sis- 
temasini o‘zi ham, uning metodlari, mazmuni va vazifalari ham turlicha 
talqin qilingan. Psixologiya tarixi fanini o‘rganishda qoMlaniladigan 
arxiv materiallari, intervyu, suhbatlar, biografik, avtobiografik uslublar 
keng qo‘llaniladi. Har bir uslubning o‘ziga xos tomonlari tahlil qilin­
gan ida har bir darslikning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi va


tarixan baho berish shartlariga bo‘ysunadi. Albatta, psixologiya tarixi­
da turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, bu fanning 
predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot 
birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o‘rganish 
predmeti emas, balki shu predmetni tushunish, psixik hayot mohiyatini 
tushunishi o‘zgarib keldi. Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim 
o‘zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi ham­
da ulaming keng tatbiq qilinishi, ilmiy-falsafiy tafakkuming umumiy 
yo‘nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini 
belgilab berdi.
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor 
bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan 
hayvonlarga va insonlarga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari ha­
qidagi bilimlarning asta-sekin to‘planib borishi tarixidir. Insonning 
o‘zi haqidagi bilimlami to‘plab hamda chuqurlashtirib borishidir. 
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar 
psixik hayotini o‘rganishga bo‘lgan intilish kishilar hayotini har xil 
tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar 
bilan taqozo qilinganligini, ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini 
bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan 
va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik 
bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki 
yakkayu-yagona bo‘lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, bu- 
tun bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko‘tarilganligi haqida 
ham ma’lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chu- 
qur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga 
ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va 
yaratishda katta o‘rin tutadi.

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling