Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496-yillar)


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana08.09.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1674476
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496-yillar). Janubiy 
Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi Yunon faylasufi 
Pifagor Mnesarx ismli kishining farzandi boigan. Otasi uni xizmat 
safariga doimo o‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan 
va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bo‘lib o‘sadi.


Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik 
diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto 
xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga 
yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig'lamagan va umuman ehtiros 
hamda xis-hayajonga berilmagan.
Pifagoming quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat 
haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy 
kalom». Pifagor miloddan avvalgi 496-yilda dushmanlari tomonidan 
oMdirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga «falsafa», 
deb nom bergan birinchi donishmand edi. Rivoyat qilishlaricha, 
Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan so‘radi: 
«Sen qaysi ilm bilimdonisan?» - «Hech qaysi, - deb javob berdi 
Pifagor. - Men shunchaki bir faylasufman». - «Falsafa degani nima 
o ‘zi?» - taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi. 
«Inson umrini bozor va Olimpiya o ‘yinIariga qiyoslash mumkin. 
Bozordagi sotuvchilar ham, haridorlar ham doimo o‘z foydalarini 
ko‘zlaydilar.
Olimpiya o ‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mash- 
hurlik payida boMadilar. O ‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni 
diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning 
katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib- 
yuguradilar. Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir gu- 
ruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilami jim gina kuzatadilar. 
Voqea-hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni 
anglash ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar 
faylasuflar — donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar, 
ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi donishmandlik 
yolg‘iz Ollohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka intilish 
bilan kifoyalanadilar xolos».
Platon fikriga ko‘ra inson ruhining 3 ta asosi bor:
1. 
Hayvonlar va o‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik 
mavjudot o‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruh­
ning mana shu qismi bilan odam sezadi, ochlik va tashnalikni xis etadi. 
Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi.


2. Asosning inti I ish lariga qarshi chiqadi.
3. Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan «odamning 
jahli chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladi». 
Platon fikriga ko‘ra, doim mana shu asoslar o‘rtasida kurash kechib
uning oqibatlari tushlarda namoyon boiadi.
Platonning tushlarni tushuntirish bo‘yicha fikrlari ko‘p jihatdan 
zamonaviy fikrlardan biri — freydizmga o‘xshab ketadi. Chunki Platon 
ham ulaming asosida mayllar, shu jumladan, haqiqiy mayllar yotish- 
ini ta’kidlagan. Platon ruh tana o‘lgandan keyin ham hayot bo‘ladi 
deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: «Agar ruh abadiy bo‘lsa, unda 
ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida 
ham qayg‘urish kerak. Platon ruh haqidagi g‘oyasining yetakchi qismi 
xissiyotlardir. Unda Platon birinchi o‘rinda odamlar uchun rohatlanish 
xissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun 
shundaydir, lekin odam uchun birinchi o‘rin u yoqda tursin, ikkinchi 
o‘rinda ham turmaydi, hatto uchunchi o‘rindan ham ancha uzoqdadir. 
Platon o‘zining «Fileb» dialogida rohatlanish, azoblanish va har ikkisi- 
ning bo'lmasligi mhning 3 xil holatidir deb aytib o‘tadi.
Platonning ruh va qalb haqidagi qarashlari, Platon (427—347) bilan 
Demokritlar deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular qul- 
dorlik aristokratiyasi mafkurasining namoyondalari edilar. Platon jon 
va tan mutlaqo har xil, hatto qarama-qarshi bo'lgan ikkita mohiyati- 
dir, deb ta’lim bergan. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi organlari bilan 
idrok qilish mumkin: uni ko‘rish va sezish mumkin, u fizik jismdir. 
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan 
idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo‘lib, fizik jism 
emas, balki metafizik, sezib bo‘lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyo- 
ga emas, balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatdan yashayotgan ideal lar 
(g‘oyalar), «obrazlar» dunyosiga taalluqlidir. Jon inson tanasiga o‘sha 
dunyodan kelib qo‘shiladi. Uning tana bilan birga bo‘lishi vaqtincha- 
likdir, tana o‘lishi bilan jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi.
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindonda- 
gi narsa kabi, doimo ideallar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo‘lib, in- 
tilib turadi. 0 ‘z ongini oshirish yo‘li bilan shu dunyo haqida eslash


insonga haqiqiy demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir 
manbai-ideallar dunyosidir. Bizning atrofimiz dunyosini sezishimiz va 
idrok qilishimiz esa, faqatgina o‘zgarib turadigan beqaror hodisalar ha- 
qida bilim beradi, holos. Biroq jonning (ruhning) ideal holda namo- 
yon bo‘lishi ko‘pchilik kishilarda to‘silib turilishi va moddiy tanaga 
bo‘ysundirilishi mumkin. Oqibatda, jon ideallar dunyosini go‘yo es- 
dan chiqarib, materiyaga farq bo‘lmog‘i mumkin. Shuning uchun ham 
yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni, materiyaga qanchalik farq 
boiishi darajasiga qarab, go‘yoki 3 qismga bo‘linadi. Har bir kishida 
ularning har biri har xil darajada namoyon bo‘ladi. Jonning qaysi qismi 
ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual xususiyatlari, hayo- 
tining yo‘nalishi, harakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo‘ladi.
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit (er.av. 
460—370-yillar) ning ta’limotida «olovli atom»larga aylandi. Demokrit 
va uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm 
nazariyasini avval surdilar. Unga ko‘ra, barcha narsalar 2 ta asosdan- 
bo‘linmas harakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bo‘shliqlardan 
paydo bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari 
ruhni hosil qiladi.
«Bitta ilmiy isbotu dalilni qoiga kiritish men uchun fors saltanatiga 
hokimlik qilishdan a’loroqdir», - degandi Demokrit.
Yana bir grek mutafakkiri A naksagor (er.av.500-428) ning 
barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil 
topganligi va ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi 
to‘g‘risidagi fikri ham Demokritning atomik qarashlariga o‘xshaydi. 
Sochilib ketishidan iborat fizik qonunini tana uchun ham, taalluqli 
deb hisoblab, Demokrit ruhning abadiyligini inkor etadi. Demokrit 
ruhni tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh 
og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana o‘lgandan keyin esa 
u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil 
etuvchi atomlami yutib nafas chiqarganda ruhimizning bir qismi- 
ni tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimizning doimo 
yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha, 
hamma narsaning, hatto o‘likning ruhi bor, faqat juda kam.


Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi. 
Tanadan tashqari ruh bo‘lishi mumkin emas, degan umumiy hukm 
chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi, balki ruhning o‘zi tana 
ekanligini ta’kidlaydi. «Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak, uning 
o‘zi tana qismi» deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukretsiy, kabilar 
Demokritning ruh haqidagi tasawurlarining rivojlanishini davom 
ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga ko‘ra, ruh atomlardan emas, 
o‘zgarmas 4 elementdan: olov — issiqlik asosi, bug* — harakat asosi, 
shamol — sovish asosi, nomsiz 4-element — ruhning ruhidan iborat. 
Epikuming nomsiz elementini Lukretsiy «А», deb atadi. Shuningdek
Epikuming fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh 
bo‘ladi.
«Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda 
qattiq yanglishgandi, — deydi Suqrot, — chunki odamlar olovga bemalol 
qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini 
nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh 
nuri ta’sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini, 
o ‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklarini, olov taftidan esa 
halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan 
tosh, deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon 
Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa 
doimo eng porloq yoritgich bo‘lib, qolajak».
Suqrot g‘oyalari: «Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga 
o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o ‘zlarining toshga o‘xshab 
qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar».
«Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi 
bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa 
manmanlikdan o‘zimni tiyaman».
« 0 ‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga 
qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan 
shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. 
Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi 
o‘laroq, u o‘zga odamlami qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo'lida 
foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi».



Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling