Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana08.09.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1674476
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Suqrot hayoti: Suqrot taxminan miloddan avvalgi 470-yilda 
tug'ilgan va 399-yilda vafot etgan. Uning faol falsafiy faoliyati 
naturfalsafa davriga (miloddan avvalgi 450-400-yillar) to‘g‘ri keladi. 
Sofistlarga zamondosh bo‘lgan Suqrot dastlabki Afinalik faylasuf edi 
va butun umr bo‘yi ona shahrida yashagan. Uning otasi toshtarosh, 
onasi esa doya bo‘Igan. U aslzoda va badavlat bo‘lmasa-da, hech 
qachon o‘zining moddiy ahvolinin yaxshilashga urinmagan. Suqrot 
Ksantippaga uylangan va uch farzandli bo‘lgan. U juda ko‘rimsiz 
qiyofaga ega bo‘lgan. U doimo eski liboslarda, yalangoyoq yurgan. 
Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki 
marta uylangan bo‘lsa-da? oilaviy baxtga erisha olmagan.
Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda o‘tkazgan. Bahslarda 
doim uning qo‘li baland kelgan. Shuning uchun ko‘pincha uning 
sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan kulib haqoratlashgan. Suqrot 
hammasiga dosh bergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga 
qarata shunday degan: «Eshak tepsa uni sudga bera olmayman-ku!».
Suqrot mohir raqqos bo‘ Igan va bunday mashqni jismning salomatligi 
uchun foydali deb bilgan. U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech 
qanday yozma manba qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: «Ey, ustoz, 
nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?» — deb 
so‘raganda, Suqrot: «Ey, Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching 
va tirik, barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan», — 
deb javob bergan.
399-yil Suqrot biryurtdoshiningfitnasi tufayli fiiqarolik me’yorlarini 
buzganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. 
Sudda Suqrotning og‘zidan chiqqan so‘nggi so‘zlar shunday bo‘lgan: 
«Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yemi tark etish fursati


yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga ayon 
emas».
Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar 
kishi esa unga qarshi ovoz bergan. Suqrot Platonning dialoglarida 
tasvirlanganidek, G‘arbiy dunyo ruhiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan 
kishilar sirasiga kiradi. Suqrot insoniy shaxs sifatida u yuksak 
ma’naviyati, kamtarin va oddiy turmush tarzi, zukkoligi, samimiyligi, 
xushfe’lligi va hazil-mutoyibaga moyilligi kabi xususiyatlari bilan 
ajralib turar edi. Biroq aiinalik fiiqarolar Suqrot ularni ko‘chada yoki 
bozorda yo‘Idan to‘xtatib, suhbatga solib, qiyin savollarga tutadigan 
holatlarda muayyan darajada noqulay vaziyatga tushib qolishardi. Bir 
qator sabablarga ko‘ra, Suqrot ham sofistlar kabi o‘zining yoshlik 
davrini xazon qilib, jamiyat uchun xavfli odamga aylanmoqda, degan 
qarash ham shakllangan edi. Suqrot hech narsa yozmagan. Uning 
ta’limoti (mabodo umuman uning ta’limoti xususida gapirish mum­
kin bo‘lsa) haqidagi bizning bilimimiz u haqida boshqalaming yozgan 
asarlariga asoslanadi. Asosan, bular Platon asarlari bo‘lib, Suqrot uning 
dialoglarida asosiy rol’ o‘ynaydi. Shuning uchun Suqrotning aslida 
nimalami gapirganligini va Platonning dialoglarida Suqrot fikrlari bilan 
Platon fikrlari o‘rtasidagi chegarani aniqlash ancha qiyin vazifadir. Ana 
shu jihatni e’tiborga olib, Suqrot falsafasini Platonning bayon qilgani 
tarzda talqin etishga harakat qilamiz.
Qadimgi grek materialistlari, shuningdek, idealist Suqrot va Pla- 
tonlar ham o‘zlarining psixologik qarashlarini yozib sistemali bayon 
qilingan mukammal asar sifatida qoldirmaganlar. Ularning bu fikrlari 
asosan ayrim-ayrim mulohazalar tariqasida saqlanib qolgan. Platon­
ning psixologik fikrlari esa har xil falsafiy asarlarida, diologlarida 
saqlangan.
Sharqda Aflotun nomi bilan mashhur bo'lgan Platonning fikricha, 
ruhni qanotli ot-arava va izvoshiga o‘xshatish mumkin, izvosh va otlar 
o‘rtasidagi munosabat, tana va ruh o‘rtasidagi munosabat kabidir.
Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu 
o‘gitni meros qoldirgan: «Haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar 
davlat tepasiga kelmaguncha, yohud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari


ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar 
insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi».

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling