Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


  Psixologiya rivojlanishining asosiy omillari va tamoyillari


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana08.09.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1674476
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

4. 
Psixologiya rivojlanishining asosiy omillari va tamoyillari. 
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo‘lgan talab va ehtiyoj 
juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ulaming 
dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o‘stirish za- 
rur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirish, ta’lim jarayonini 
yangi texnologiyalar asosida qayta qurish lozim. Hozirda Respublika- 
miz universitetlarining psixologiya bo‘limlari, kafedra, laboratoriyalari 
ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Mazkur muassasalarda psixologik 
tadqiqotlar o‘tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning indivi­
dual xususiyatlari, xissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bi­
limlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada 
ko‘paydiki, ular ma’lum qonun-qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib 
borilayotgan izlanishlarga asos bo'lishi uchun tamoyillar ishlab chiqil- 
di. Shunga ko‘ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
1. 
Determinizm tamoyili. Bu tamoyilia ko‘ra, psixika yashash 
sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.


H ayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam 
psixikasi taraqqiyoti esa ijtim oiy taraqqiyot qonunlari bilan belgi- 
lanadi.
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyiliga ko‘ra, ong va 
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular 
bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatning ichki rejasini, dasturini 
tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-hara- 
katlari va faoliyatlarini o ‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan 
maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta ’minlovchi ichki psixo­
logik mexanizm, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga 
imkon beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Bu tamo- 
yilning mohiyati, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi 
deb qaralsa, uni to ‘g‘ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. 
Bu tamoyil L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, V.M. Teplov kabi psi- 
xologlar ishlarida o ‘z aksini topgan. L.S. Vigotskiy ta ’lim psixikani 
rivojlantirishga yo'naltirishini, P.R Blonskiy esa tafakkuming kichik 
maktab yoshida o‘yinlar bilan obspirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq 
tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L. Rubinshteyn «Ong faoliyatda pay­
do bo‘lib, faoliyatda shakllanadb> degan edi.

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling