Vaqt Shamoldek uchmoqda


kesmasang u seni kesadi”, -


Download 76.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi76.68 Kb.
#1054758
1   2
Bog'liq
Akademik yozuv ESSE

kesmasang u seni kesadi”, - degan hikmatli so‘zga amal qilishgan.O‘tayotgan kunimiz, 


vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Zero, kecha va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni 
yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono 
xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”.Ha, vaqt 
go‘yo ulug‘ omaddir. Farzandlarimizniing ta'lim-tarbiyasiga e'tiborimizni kuchaytirib, ta'lim 
dargohlarida olayotgan bilimini tekshirib turish lozim. Farzandlar maktab, kollej va oliy o‘quv 
yurtlariga borib kelay deganda ota-onasi kelajagi mevasi bo‘lmish jigarbandini oldidan duo 
qilib kuzatadi. Ayrim farzandlar inson hayotidagi vaqtini g‘animat bilmasdan bilim olish o‘rniga 
turli xil internet klublarga borib vaqtini isrof qilib bormoqda. 
Muhtaram yurtboshimiz ham bugungi kun yoshlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta'kidlab 
o‘tdilar. Jamiyatimizdagi barcha insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bo‘lmasinlar, 
kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni oltindan qimmat bo‘lgan ne'matdan unumli foydalanishlari 
lozimligini tushuntirmoqligimiz kerak. Yoshi ulug‘larimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari 
ta'lim-tarbiyasiga beparvo bo‘lmasliklari, vaqtlarini to‘g‘ri sarflashga o‘rgatishlari kerak. 
Chunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana shunday salohiyatli farzandlar qo‘lidadir. 
Shu kunga kelib bu mavzu o'zining dolzarbligini va qiymatini yo'qotmay kelgan mavzulardan 
deb bilaman va shuning uchun yana bir bor shu mavzuda qalam tepratishni xohladim. 
Kunlarning birida Buddadan "Hayotimizdagi eng katta qilgan xato ishimiz nimada ?" deb 
so'ralganda u shunday javob qilgan edi: bizning hayotimizdagi eng katta hayotimiz bizda vaqt 
bor deb o'ylashimiz. Vaqt bu tekin bir buyum lekin qiymati yo'q boylikdir siz uni boshqara 
olmaysiz lekin siz ishlata olasiz, siz uni saqlab tura olmaysiz lekin sarflay olasiz lekin qachonki 
u yo'qolib qolsa siz uni hech qachon qaytara olmaysiz. Insoniyat, olimlar fikricha, o'rtacha 78 
yil umr ko'radi. Biz hayotimizning 28.3 yilini uyqu bilan o'tkazamiz va bu o'rtacha umumiy 
hayotimizning 30% ini yaxshi uxlash uchun kuch sarflashimizni bildiradi. Biz hayotimizning 
10.5 yilini ishlash bilan lekin taxminan 50% inson shu ishini tark etish hisi bilan yashaydi. Vaqt 
va pulni solishtirgan vaqt qimmatliroq, siz ko'p pul topishingiz mumkin, ammo siz ko'p vaqtga 
egalik qila olmaysiz. Biz hayotimizning 9 yilini televizor va ijtimoiy tarmoqda va qolgan qismini 
yeb-ichish, sayohat qilish va boshqa kerak bo'lgan ishlar uchun sarflaymiz. Statistikalar shuni 
ko'rsatib turibdi, hozirgi davrda yoshlar o'rtacha 3.5 yilini o'rganish ilm-olishda o'tkazishadi. 
Bundan tashqari barcha ishlarni olib tashlaganda bizda yana 9 yil qoladi. Biz uni qanday 
sarflayapmiz? 
Natijalarga ko'ra, agar inson har kuni ertalab vaqtli soat 4 turib o'z ishlarini tartib ila bajargan 
insonlarning 90% muvaffaqiyatga erishgan bunga ko'ra agar siz har kuni ertalab 4 da 
tursangiz yoshingiz 40 ga chiqqanda yoshingiz tengdoshlaringiz bilan bir xil bo'lishi mumkin, 
ammo siz ular 8 soat uxlaganda 6 soat uxlagansiz va natijada siz ulardan roppa-rosa 10 yil 
ko'p yashagan bo'lasiz. Steve Jobs aytganidek "Sizning vaqtingiz chegaralangan, birovning 
hayotida yashashni bas qiling". Bu yerda ham yaxshi ham yomon ma'no mujassamlashgan. 
Yomon tarafi vaqtni uchmoqda, ammo yaxshi tarafi siz uchuvchisiz. Tasavvur qiling, har kuni 
ertalab turganingizda sizga $86,400 taqdim etiladi va kunning oxirida barchasi g'oyib bo'ladi 
siz uni ishlatishga ulgurdingizmi yoki yo'q. Ertasi kuni esa sizga yana shuncha pul taqdim 
etiladi. Aminmanki agar sizga har kuni shuncha pul taqdim etilsa o'ylab ishlatishga harakat 
qilasiz. Ammo bu holat vaqt masalasiga kelganda doimo teskarisi. Bu soniyalar sizning 
pullaringizdan ancha kuchli, chunki siz har doim pul topishingiz mumkin, lekin vaqtni emas. 
Agar siz bir yil qadrini bilmoqchi bo'lsangiz universitetdan yiqilgan talabadan so'rang. Agar siz 


1 oy qadrini anglamoqchi bo'lsangiz, homilador ayol qornidagi farzandidan oxirgi oyda 
ajralganidagi ahvolini ko'z oldingizga keltiring. Agar 1 daqiqa qadrini bilmoqchi bo'lsangiz, 
farzandi uzoq yurtlarda bo'lgan onadan so'rang. Agar siz millisoniyalar qadrini anglamoqchi 
bo'lsangiz olimpiada o'yinlarida 2 o'rinda kelgan sportchidan so'rang. Bizga insonlar bizning 
vaqtimizni sarflayotgandek tuyiladi lekin o'zimiz shunga qarshilik qila olmayotganimizdan esa 
xabarimiz yo'q. Ba'zida biz o'zimizga kerakli bo'lgan insonlarni yo'qotamiz chunki ularni 
vaqtlarni qadrlamaymiz va ba'zida biz o'zimizga kerakli inson yo'qolib qolgandan so'ng uning 
qanchalik qadrli ekanligini anglab yetamiz. Har bir insonda har kuni ertalab uyqudan 
uyg'onganidan boshlab ongida jang boshlanadi. Har xil ovozlar ba'zi bir ovozlar bizni 
dangasalikka, orqaga tortishga, hech qanday ish qilmaslikka, bizning potesialni o'ldirish bilan 
shug'ullansa qolgan ovozlar bizni tepaga tortishga, qobiliyatlarimizni rivojlantirishga, dangasa 
bo'lmaslikka undaydi va biz qaysi ovozlarni ko'p eshitsak o'shani bajaramiz, o'shani ketidan 
ketishga harakat qilamiz va bu bizning vaqtimizni qanday sarflashga bo'lgan tanlovdir. Hayot 
va Vaqt eng yaxshi 2 ustoz buni ko'pgina mashhur shaxslar o'z bitiklarida kitoblarida ta'kidlab 
o'tishgan, hayot bizga qanday qilib vaqtdan foydalanishni o'rgatsa, vaqt shu hayotning 
qiymatini qadrlashni o'rgatadi. Uilyam Shekspir o'zining kitoblarida "Vaqt unga hayrihoh 
bo'lganlar uchun juda sekin, qo'rqqanlar uchun juda tez o'tadi, xafa kishilar uchun juda uzoq 
va o'yin-kulguga berilganlar uchun juda qisqa va vaqtni sevganlar uchun esa u abadiy" deb 
ta'kidlagan. 

Download 76.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling