Variant №1 Ekologiyani mustakil fan sifatida shaklllanishi,maqsadi va vazifalari
Download 176.58 Kb.
|
ekologiya yakuniy
Variant № 18
3.“Issiqxona effekti” va uning salbiy ta’sir oqibatlari. (atmosfera, xarorat, namlik, iqlim o‘zgarishi, sanoat gaz chiqindilari, transport vositalari, is gazi, chiqindilar, tozalash usullari, inson ta’siri, muxofaza chora-tadbirlari.) Bir qator mikrogazlar yerning issiqlik muvozanatining o'zgarishida muhim rol o'ynaydi va yer yuzida asta-sekin haroratni oshib borishini xarakterlovchi «issiqxona effekti» deb ataluvchi hodisani sodir qiladi. Bu hodisaning sodir bo'lishida asosiy o'rinni egallovchi gazlar yorug'lik nurlarini o'zidan o'tkazib yuborsa-da, infraqizil nurlarni tutib qoladi. Quyosh nuri atmosfera orqali o'tib, yerning yuza qatlamini isitadi va yer o'zidan issiqlik hamda infraqizil nurlarni qaytaradi. Atmosferadagi «issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlar miqdorining o'zgarmasligi natijasida yerning issiqlik balansi doimiydir. Agar ularning konsentratsiyasi havo tarkibida oshib borsa, shunga monand ravishda harorat balansi ham o'zgarib, yer yuzasining isishi sodir bo'ladi. «Issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlardan 3 tasi, ya’ni uglerod qo'sh /pksidi, metan va suv bug'lari eng ko'p ahamiyat kasb etadi. Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod kushoksidi (SO,) ortgan. SO2 zaxarli emas, o’simliklar uchun ozuqa hisoblanadi. SO2 qisqa to’lqinli quyosh nurlarini o’tkazadi, lekin yerdan qaytarilgan uzun to’lqinli issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Natijada «issiqxona effekti» vujudga keladi. Yeming o’rtacha harorati (+15°S) 0,8-1° S ga oshganligi qayd qilinmoqda. Yoqilg’ining ko’plab ishlatilishi muammoni keskinlashtiradi. Atmosferada metan (SN4) va azot chala oksidi (N, O) miqdorining ortishi «issiqxona effekti»ni kuchaytirmoqda. Bu iqlim o’zgarishini keltirib chiqarmoqda. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to’zonlar, o’rmon, dashtlardagi yong’inlar, o’simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda atmosfera ifloslanishining 75% tabiiy manbalarga va 25% antropogen manbalarga to’g’ri keladi Atmosferaning 20-30 km oralig’ida joylashgan o’ziga xos himoya qobig’i-ozon ( 03) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Yer yuzida dastlab 1970- yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50% ga kamayishi qayd qilindi. Ko’pchilik mutahassislar ozonning kamayishi texnogen yo’l bilan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o’zgarishi tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o’zgarishi, boshqa omillar ta’sirida ham o’zgargan bo’lishi ham mumkin. Lekin, sabablaridan qat’iy nazar ushbu muammoni ijobiy hal qilish yo’llarini izlash, choralar ko’rish lozimdir. «Kislotali yomg’ir»lar ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib qolgan. Xar qanday qazilma yoqilg’i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingurgut va azot kushoksidlari bo’ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg’imi kislotaga aylantiradi. “HFX” kafedrasi mudiri: G’. Mirzaqulov ____________________________________________________________________________________ Download 176.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling