Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
Variant 26 1.Korxona marketing xizmati? Корхона бутун марктинг фаолияти ва режалаштиришни амалга оширувчи маркетинг тизимини яратиши керак. Агар бу кичик корхона булса, маркетинг хизматини бир киши бажариши керак. У хам маркетинг тадкикотларини олиб боради, хам савдо ва рекламани ташкил этади., хам мижозларга хизмат курсатишни амалга оширади. Агар корхона катта булса, маркетинг хизмати билан маркетинг булими шугулланади. Булимда агентлар, маркетинг буйича тадкикотчилар, реклама буйича мутахассислар, махсулот ишлаб чикаришни бошкарувчилар, бозор сегментлари буйича бошкарувчилар, мижозларга хизмат курсатувчи ходимлар ишлайди. Хар бир корхона маркетинг булимини у ишлаб чикариш баркарорлашуви ва махсулот сотиш купайишига ёрдам бериши учун тузилади. Маркетинг хизматини ташкил этишнинг энг кенг таркалган тури - функционал тур булиб, унда маркетинг буйича мутахассислар маркетинг фаолиятининг турли вазифаларини бажаришга рахбарлик киладилар. Улар фаолиятини тартибга солувчи маркетинг буйича вице-президент (директор уринбосари)га буйсунадилар. 2.Marketingni boshqa гish kontseptsiyalari va ularning mohiyati? Ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi o’z harakatini mahsulot ishlab chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo’lgan tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. Shunga ko’ra bu kontseptsiya e'tiborining asosiy ob'ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi. Tovarni takomillashtirish kontseptsiyasi mahsulotning iste'molchilik xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste'molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo’lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqat e'tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham marketing harakatlari tovar sifatiga, aniqrog’i uning modernizatsiyasiga qaratildi. 30-yillarning o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigacha marketing rivojlanishining ikkinchi bosqichi davri bo’ldi. Bu davrda e'tibor sotishga, so’ngra esa iste'molchiga qaratiladi (tijorat harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi, marketingning umumiy kontseptsiyasi, marketing-miks). Tijorat harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi sotish va sotilishlarni rag’batlantirish sohasida etarli harakatlarni amalga oshirmasa, iste'molchilar firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning asosiy maqsadi - sotilishlar hajmining o’sishi hisobiga foyda olish. E'tiborining asosiy maqsadi - sotish va xizmat ko’rsatish texnologiyasi va sotishni rag’batlantirish bo’yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling