Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
Variant 25 1.Marketingda axborot tizimi? Marketing axborot tizimi (MAT) marketingli rejalashtirishni takomil- lashtirish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish uchun zamon va makonda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va tarqatish yuzasidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq kishilar, asbob- uskunalar va jarayonlar yig‘indisidir. Marketingni boshqarish ishini amalga oshirishda bizning bilimlarimiz- ni ko‘paytiradigan ma’lumot va axborotlarning barcha turlari ( og‘zaki, yoz- ma, chizmakashlik axboroti va hokazo) axborotga kiradi. Bular yangi mashi- nalar, yangi texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, tovar- larni sotish, raqobatbardoshlik, ularning holati, kelajagi va hokazolar to‘g‘risidagi axborotlardir. Har bir korxona, tashkilot yoki marketing bo‘limi, qanday guruh bo‘lishdan qat’iy nazar axborotning statistika, operativ, reja-iqtisodiy, buxgalteriya axborotlari, moliyaviy axborot, moddiy- texnika ta’minotiga oid axborot, kadrlarga oid axborot, texnologiya, kon struktorlik, spravka (ma’lumotnoma) kabi turlari bo‘ladi. Axborotni olish manbalariga ko‘ra ichki va tashqi axborotga bo‘lish mumkin. Axborot doimiyligi xususiyatiga ko‘ra: 1.shartli-doimiy (spravka-normativ) axborot, ya’ni nisbatan kam- dan kam o‘zgaruvchan axborotga (normalar, baho, reja ko‘rsatkichlari); 2.ishlab chiqarishda yuz berayotgan jarayonlar dinamizmini aks et- tiruvchi o‘zgaruvchan axborotga bo‘linadi. Axborotning bu turlari dastlabki axborotlar deb ataladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish axborotlari tafo- vut qilinadi. Bu axborot shartli- doimiy va o‘zgaruvchan axborotni qayta ishlash natijasida olinadi va boshqaruv to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ancha yaxshi ishlangan axborot hisoblanadi. Axborot yo‘nalishiga ko‘ra dastlabki va boshqaruvchi axborotga bo‘linadi. Agar dastlabki axborot hamma vaqt boshqaruv obyektidan boshqaruv sub- yektiga, quyi boshqaruv sistemasidan yuqori boshqaruv sistemasiga yuborila- digan bo‘lsa, unda boshqaruvchi axborot teskari tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling