Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konyuktura prognozi
- Marketing tamoyillari
Konyuktura tahlili – konyukturani mavjud holatda keltirgan omillarning tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyukturasining maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi. Konyuktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyukturaga ta’sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. 2.Marketing tamoyillari? Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari bo‘lib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar yotadi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirish; - barcha zvenolar faoliyatini xo‘jalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib, ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‘naltirishni ta’minlash; -korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli natijadorligini ta’minlash; - iste’molchilarni o‘zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida, korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlasht irib, bir vaqtning o‘zida, ularning ehtiyojlarini shakllantirish va rag‘batlantirishga ta’sir o‘tkazish. Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi: iste'molchiga yo’naltirilganlik; talabni prognozlash va shakllantirish; qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi; qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni boshqarish; istiqbolga yo’naltirilganlik; dasturli maqsadli yondashuv. Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini belgilab beradi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling