Variant Mamlakat milliy boyligining tushunchasi


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish –eng muhim vazifa


Download 30.52 Kb.
bet5/8
Sana19.04.2023
Hajmi30.52 Kb.
#1366047
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-6

3.Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish –eng muhim vazifa.
Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, uning asosini, rivojlanish manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol, qilishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatadilar va o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.
Iqtisodiy hayot kishilarining ijtimoiy madaniy siyosat hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.
Demokratik jamiyatga monand iqtisodiyotning erkinligi uning quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi. xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) hukumat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi
Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yoʻnalishida bir qator o’zgarishlar qilindi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi. Oʻzgarishlar natijasi xalqaro rey ting va indekslarda ham oʻz aksini topdi. Xususan, “Economic Freedom” — Iqtisodiy erkinlik reytingidagi “Tax Burden — Soliq yuki” indikatori boʻyicha 2017-yildagi 90,7 ballik koʻrsatkichdan oʻtgan yili 92,4 ballik koʻrsatkichga erishildi.
Yaqin yillardagi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq toʻlovchi soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yoʻgʻi 9,2 foizga teng boʻlgan. Asosiy soliq yuki esa umumbelgilangan rejimdagi 3 foiz soliq toʻlovchi zimmasiga toʻgʻri kelar edi.
– Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar natijasida barchaga teng va erkin raqobat sharoiti yaratildi. Ortiqcha yigʻimlarni bekor qilish va soliq stavkalarining normallashtirilishi tufayli tadbirkorlik subyektlariga soliq yuki kamaytirildi. Xususan, mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliq stavkalari 2 barobar pasaytirildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.
– Eng muhimi, oʻzgarishlarni har bir fuqaro, har bir tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatida his qilyapti. Buni soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 80 foizdan 95 foizga koʻtarilganidan ham bilish mumkin.

Download 30.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling