Variant Mamlakat milliy boyligining tushunchasi


Respublikada sanoat majmuini rivojlantirishning asosiy sabablari, tutgan o‘rni va ahamiyati


Download 30.52 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi30.52 Kb.
#1366047
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-6

Respublikada sanoat majmuini rivojlantirishning asosiy sabablari, tutgan o‘rni va ahamiyati.

  • Sanoat — Xalq xoʻjaligining xomashyoni qayta ishlash, yer osti boyliklarini qazib olish, ishlab chiqarish vositalarini va keng isteʼmol mollarini yaratishni anglatadi; shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui.

Ishlab chiqarish majmuida sanoat milliy iqtisodiyotning yirik sohasi bo'lib hisoblanadi. Unda 1 mln.dan ortiq ishchi va xizmatchilar mehnat qiladi. Bu ish bilan band bo'lgan aholining 1/8 qismini tashkil qiladi. Sanoatning 100 dan ortiq tarmoqlari bo'lib, ulardan 6 tasi bazaviy(tayanch) hisoblanadi. Asosiy fondlarning 40% sanoat hissasiga to'g'ri keladi, yalpi ichki mahsulotning 15% dan ortiqrog'i sanoatda yaratiladi. Respublikamiz sanoat korxonalarida 3 trillion so'mga yaqin mahsulot ishlab chiqarilayapti. Sanoat tarmog'ida 1600ga yaqin o'rta va yirik korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari faoliyat ko'rsatayapti. Nodavlat sektori korxonalari sanoat mahsulotining 70%)idan ortig'ini etkazib beradi. O'zbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, ko'mir, benzin, po'lat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumlyatorlar, kabellar, ekskavator, ko'prikli ko'targichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral o'g'itlar, sun'iy tolalar, tsement, turli qurilish materiallari, gazlamalar, paxta moyi, un, guruch, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Sanoat taraqqiyotida yoqilg'i energetika majmuasininghissasi sanoat ishlab chiqarishida 26,8%ni tashkil qiladi. O'zbekiston jahondagi o'nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidroelektr stantsiyalari va issiqlik elektr stantsiyalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibiga qora va rangli metallami qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Oltin, kumush, mis, qo'rg'oshin, ruh, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va boshqa qator qazilma boyliklarining aniqlangan zaxiralari ko'p. O'zbekistonda oltinning 30 ta koni topilgan. Qazib olinadigan oltinning umumiy miqdori bo'yicha O'zbekiston MDH mamlakatlari orasida ikkinchi, kumush, qo'rg'oshin, rux va volfram bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston jahon xamjamiyatida oltin ishlab chiqarish xajmi bo'yicha sakkizinchi, uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo'yicha esa beshinchi o'rinda turadi. Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir, yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoqlarda chuqur tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirilmoqda. Ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustaxkamlashga yo'naltirilgan. Ishlab chiqarilayotgan iste'mol mollarining uchdan bir qismi engil sanoat korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu erda an'anaviy etakchi sohato'qimachilikdir


  1. Download 30.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling