Variant Mamlakat milliy boyligining tushunchasi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimining rivojlanishi va ularning asosiy vazifalari


Download 30.52 Kb.
bet7/8
Sana19.04.2023
Hajmi30.52 Kb.
#1366047
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-6

2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimining rivojlanishi va ularning asosiy vazifalari.
banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajaradi va , barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas Bank tizimi faoliyati olinadigan sof foydaning miqdori oshishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borishni ko’zda tutadi.Asosiy vazifalari:
1 bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini himoyalash. Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ular faoliyatini yuritish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini qariyb 70-85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tashkil etadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bankning manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim

  1. bank oborotiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun albatta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi.

  2. Bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank oborotiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.

  3. , Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi Qonunning 50-moddasiga muvofi q Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.

  4. bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish. Bankning likvidligi deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchilari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis bajarilishi uchun doimiy darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchini mustahkamlaydi.

  5. bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash.

  6. bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’- min lashga erishish


Download 30.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling