Variant Mamlakat milliy boyligining tushunchasi
Variant-5. Iqtisodiyotni boshqarishda moliya-kredit yo‘llari
Download 30.52 Kb.
|
4-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport kommunikatsiyasining strukturasi va ahamiyati
Variant-5.
Iqtisodiyotni boshqarishda moliya-kredit yo‘llari. Iqtisodiyotni boshqarishning usularidan biri moliya kredit usuli.Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltinvalyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi; 2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi va banklararo hisobkitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi; 3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi; 4) barcha banklar faoliyatini uy`gunlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; 5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi; 6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas`uliyatini o`z zimmasiga oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi. Transport kommunikatsiyasining strukturasi va ahamiyati Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transporting faoliyatini tubdan yaxshilash va transport tizimini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviokompaniyasi, «O'zbekiston avtomobil transporti» («Uzavtotrans») davlat aktsiyadorlik koorporatsiyasi , «O'zbekiston temir yo'llari» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va boshqa mahkamalar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aktsionerlik kompaniyalari, koфoratsiyalari, ochiq turdagi aktsionerlik, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikaning transport tizimi temir yo'l, avtomobil yo'llari,zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan vokzallar, stantsiyalar, yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik aerovokzallari va boshqa infrastruktura bo'linmalarini qamrab oladigan murakkab iqtisodiyot majmuini tashkil etadi O'zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo'lovchilar tashuvchi trasportning barcha turi - temir yo'l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo, truboprovod transporti, shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti - temir yo'l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon trasporti mavjuddir. Mamalakat yalpi ichki maxsulotining 8,0%i transport tarmoqlariga (aloqa bilan birga) to'g'ri keladi. Transport tarmoqlarida band bo'lgan ishchi-xizmatchilaming o'rtacha yillik soni 300 ming kishini, yoki respublikada band bo'lgan ishchi-xizmatchilarning 5,0%iga yaqini shu tarmoqlarda faoliyat ko'rsatayapti «O'zbekiston temir yo'llari» 50 mingdan ortiq turli tipdagi yuk vagoni va Germaniyada tayyorlangan refrejeratorlarga, 1450 yo'lovchilar tashiladigan vagonga ega. Kompaniyaning temir yo'ldan foydalanishga mas'ul bo'lgan Toshkent, Farg'ona, Buxoro, Orol bo'yi, Qarshi temir yo'l bo'limlari borRespublika rivojlangan yo'l xo'jaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan avtomobil yo'llariga ega. Yo'l xo'jaligi tarmoqlarida 34,5 ming ishchi va injener-texnik xodim band. Respublikada avtomobil yo'llarining jami uzunligi 120 ming km.dan ortiqdir. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo'llarining uzunligi 44,5 ming km, jumladan 3343 km xalqaro, 18901 km davlat (respublika), 21439 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo'lgan yo'ldir. Shuningdek respublika idoralar (korxona, jamoa xo'jaliklari, xo'jalik tashkilotlari)ga qarashli yo'llar ham mavjud Download 30.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling