qoryog'di, Urto'qmoq, Ochildasturxon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir so'zga ayla-
nishi bilan yuzaga kelgan qo'shma otlar qo'shib
yoziladi: mingboshi, so'zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki о bod
so'zi bilan ifodalangan joy nomlari qo'shib yozi-
ladi: Yangiyo 7, To 'rtko 7, Mirzaobod, Xalqobod kabi.
Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo'lgan joy nomlari
ajratib yoziladi
4 savol
Ko‘p nuqta va uning qo‘llanilishi.
Ko‘p nuqta quyidagi holatlarda ishlatiladi:
Mazmunun tugallanmagan gaplar oxirida. Bunda ko‘p nuqta fikrda uzilish borligini ko‘rsatadi va gapning oxirida yoki umuman, ko‘p nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda uzun va ba’zan qisqa pauza bo‘ladi: devorlarda dohiylar va rahbarlarning zarhal ramkalarga solib osilgan portretlari, oblastning xaritasi, kolxoz teritoryasining rejai turli-tuman biogrammalar, foto hujjatlar... Hammasi ham unib-o‘sdi: biri maktab direktori, biri tuman madaniyat bo‘limining budiri, biri deputat... Axir men... qo‘limdan kelmaydi. Ayol boshim bilan.... – dedi-yu, u yog‘ini aytolmadi. (Misollar A.Qahhordan). Y, Tohirga biror zahmat yetdimi... Y....yo....(S.Abd.)
Personajlarning turli his-hayajoni emotsiyasini ifodalaydigan o‘rinlarda: Hmm... dedi u va bir nima demoqchi bo‘lib, fikr to‘playotgan edi...(A.Q.) Saida...qop-qora va yopishqoq bir narsaga toyib yiqildi. Qon!... Saida u yog‘ini bilmaydi. (А.Қ.)
Matn yoki jumla qisqartirilsa. Bu holat sitatalardi, ko‘chirma nuqtalarda ko‘p uchraydi: Kursimizning hamma talabalari: Anvar, Karima, Halima... lar kecha teatrga bordilar.
Yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan, ammo yozma nutqda berilishi mumkin bo‘lgan o‘rinlarda: muhabbat degan so‘z nimalarni niqoblamaydi: Ermak, xirs, jinoyat, ovunish...(As.M.) Luqmonchaga o‘jarlik qilmagandirsiz, farishtam, - dedi Xoldor hansirab. Hadeb Luqmonchani gapiravermang, o‘lgiday zeriktirsa ham, tinchgina gaplashib o‘tirardi. Siz bo‘lsangiz... (As.M.)
Ona tili darsliklarida berilgan mashqlarda tushirib qoldirilgan va o‘quvchi tomonidan qayta tiklanish kerak bo‘lgan so‘z, gramatik elementlar, qo‘shimchalar o‘rniga ko‘p nuqta qo‘yiladi: Akam...ko‘rdim. – Akamni ko‘rdim. Salim... keldim. Salim bilan keldim kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |