Variant savol. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha


Download 24.54 Kb.
bet6/8
Sana29.01.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1139602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 variant 1 savol

Qirildi bir talay qo‘y,
Bo‘rilarga bo‘ldi “to‘y”. (U.)
Badiiy asar, gazeta, jurnal, muzika asarlari, ashula, spektakl’, kartina kabilarning nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: “Qutlug‘ qon” romani Oybek ijodida alohida o‘rin tutadi. (Taqrizdan.) Yigit gumbirlatib “Rohat”ni chalib yubordi. (O.) Jangda ham yodimda... “Gulayor”, (U.) Umida yangi kelgan “Kommunist”ni varaqlab o‘tirardi. (A.Q.)
Muassasa, tashkilot, kolxoz, savxoz, korxona, fabrika, zavod, mehmonxona, magazin kabilarning nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: Arslonbek Qalandarov – “Bo‘ston” kolxozining raisi. (A.Q.) “Moskva” mehmonxonasi Toshkentga ko‘rk bag‘ishlab turibdi.
Orden, medal so‘zlari qo‘shib aytiladigan unvonlar nomiqo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: Sobir Abdulla... ikki marta “Hurmat belgisi” ordeni va “Shovkatli mehnati uchun” medali bilan mukofotlandi. (G‘.G‘ulom so‘z boshisidan).
Kashfiyotlar: o‘simlik, ovqat, mashina, samolyot, televizor kabi maxsus atamalarning nomlari qo‘shtinoqqa olinadi: U yuqoridan eshitilayotgan ovozning maqom va maromidan “Ish” samoyoti uchayotganini darrov payqadi. (B.P.) “Chust” do‘ppisi hammaga yoqdi. “Pobeda” uzumi, “Volga” mashinasi, “Zil” xolodel’nigi, “Krasnaya Moskva” duxisi kabilar.
Ichki monolog – o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi: Saida bu ishni boshlaganiga pushaymonlik sezdi: “Nahotki, men ishni shunday, yana shu xilda boshlashim kerak bo‘lsa”. Bunaqada hali ish boshlamasdan oramizni buzib qo‘yaman-ku!...” (A.Q.)
Sinflar, buyruqlar, qarorlarning ayrim bandlariga qo‘shib yoziladigan harflar qo‘shtirnoqqa olinadi: 9-“A” sinf, 147-“A” sonli qaror, 18- moddaning “d” bandi kabilar.
Baho ballari qo‘shtirnoqqa olinadi: “besh”, “to‘rt”, “uch”, “ikki”, yoki “a’lo”, “yaxshi”, “o‘rta” (“qoniqarli”), “yomon” kabi.
Unitib bo‘larimi yarqiroq tabel’ –
Aqlimning ko‘zgusi “besh” yakunlarin. (Y.Hamdam.)
Matn ichida kelgan maqollar, sarlavhalar qo‘shtirnoqqa olinadi: “Baxilning bog‘i ko‘karmas” degan gap bor (S.) Maqolaga “Bo‘ston” deb sarlavha qo‘yilgan bo‘lsa ham, lekin gap Qalandarov haqida ketar edi. (A.

Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling