Variant savol. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha


savol Tire va uning qo‘llanish o‘rinlari


Download 24.54 Kb.
bet7/8
Sana29.01.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1139602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 variant 1 savol

2 savol
Tire va uning qo‘llanish o‘rinlari
Tire sodda gap doirasida quyidagi funksiyalarda qo‘llaniladi:
Ajratilgan bo‘laklarni chegaralash, ulardagi emotsionallikni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun. Bunda tirening qo‘llanilishida ikki holat bor:
Ajratilgan bo‘lak o‘zi bog‘langan bo‘lak bilan bir umumiy gramatik ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, shu ko‘rsatkich orqali boshqa bo‘laklar bilan aloqa kirishadi. Bunday holda tire ajiratilgan bo‘lakning oldidagina qo‘yiladi, xolos: Nosirov qabulxonada hurmat bilan o‘rnidan turgan yordamchisi – yigirma ikki yoshlardagi... nozik qizga salom berib, kabinetiga kirib ketdi. (A.Q.) Biroq hozir begona odam oldida, yana kolxoz partiya tashkiloti sekretari bo‘ladigan odamning – yosh bir qizning oldida aytilgan bu gaplar uni xijolatga soldi. (A.Q.)
Gramatik jihatdan mustaqil bo‘lib, intonatsiya jihatidan ikki tomondan pauza bilan ajratilgan bo‘laklarning har ikki tomonidan tire qo‘yiladi: Tog‘alarim – Egamberdi va Rahimberdi, - meni bir-bir quchoqlab ishga beriladilar. (O.) Kritma konstruksiyalarni chegaralash uchun: bilmadim, g‘urur yo‘l qo‘ymaydimi – yoshlikda nimalar bo‘lmaydi – yo uning menga e’tiborsizlik bilan qaragani yoqmadimi, bormadim, hatto qarshisiga ham yurmadim. (O‘.Umarbekov.)
Ikki yoki undan ortiq otning birikuvidan tuzilib, biron tashkilot, ta’limot, ilmiy muassasalarning nomini anglatuvchi so‘zlar orasiga tire qo‘yiladi: Marks – Engel’s – Lenin intituti. Karpov-Kasparov matchi. Toshkent – Dushanbe poyezdi.
Makon, zamon o‘rtasidagi chegarani anglatish uchun:
30-40 yillar, XIV-XIX asrlar. Bunda tire...dan... gacha formalarning funksiyasida qo‘llanadi. 1941-1945 yillarda fashizmga qarshi kurashdik. 1941-yildan to 1945-yilgacha fashizmga qarshi kurashdik.
Direktivalarda, ustavlarda, qarorlarda har bir obzasda qo‘yilishi kerak bo‘lgan numerativlar o‘rnida tire ishlatiladi. Masalan, “Komunizm quruvchisining axloq kodeksi”da qoidalar raqamlar bilan emas, tire vositasida sanab ko‘rsatilgan.

Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling