Variant savol. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha


Bog‘lamasi tushirilgan ot kesimli gaplarda tire qo‘llaniladi: Paxta – qudrati, paxta – neft’. (T.T.)


Download 24.54 Kb.
bet8/8
Sana29.01.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1139602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 variant 1 savol

Bog‘lamasi tushirilgan ot kesimli gaplarda tire qo‘llaniladi: Paxta – qudrati, paxta – neft’. (T.T.)
Kesimi yoki kesim sostavi qo‘llanmagan elliptik gaplarda ega yoki ega sostavidan keyin tire qo‘yiladi: Hamma – saylovga! Gazeta – onamga! O‘g‘it – dalaga!
Ega logik urg‘u olib, maxsus ta’kidlanganda, kesim bog‘lama bilan shakllansa ham, tire ishlatiladi: Men – Sovet Ittifoqi grajdaniman. (V.M.) Lenin deganimiz – partiya demak, partiya deganimiz – Lenin demakdir. (V.M.)
Uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi so‘zlardan ajratish uchun qo‘llaniladi: Bog‘imizda olma, anor, shaftoli – hammasi pishdi.
Tire qo‘shma gap tarkibida quyidagi ma’nolarni yozuvda ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi:


3 savol
Tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanilishi
Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilarining birgalikda qo‘llanish hodisasi ham uchraydi: tinish belgilarining bunday birga, ketma-ket ishlatilishi turli xil xarakterga ega. Tinish belgilarining ketma-ket qo‘llanishi ma’noni bo‘rttirish, stilistik aniqlik ravonlik va turli fikriy-gramatik munosabatlarni ko‘rsatish kabi masalalar bilan bog‘liqdir.
Tinish belgilarining ketma-ket qo‘llanish xususiyatlarini atroflicha aniqlash, undagi tartib, muntazamlik va qonuniyatlarni belgilash, mazkur hodisaning ilmiy nazariy asoslari va ijtimoiy-amaliy ahamitini yoritish o‘zbek tilshunosligi oldidagi hozirgi eng muhim masalalardan biridir. Bu haqda ma’lum bir qo‘llanmaning yo‘qligi matbuot xodimlarining ish faoliyatida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda: tinish belgilarining belgilarini ketma-ket qo‘llashda xilma-xillikning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Tinish belgilarining ketma-ket qo‘llanishidagi qoida, muntazamlikka amal qilmaslik yo yozuvchilarining asarlarida, oblast va rayon gazetalari sahifalarida ko‘proq uchraydi. Quyidagi misollarni analiz qilib qo‘raylik:
Asar ularga manzur bo‘ldimi, yo...? (gazetadan)
Qalb qushi talpinar, bu qandayin sir?!
Ipsiz bog‘langanmi, shunchalar sehri?!.. (F.Usmonova)
Birinchi misolda ko‘p nuqta va so‘roq belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan. Chunki hech qachon ko‘p nuqta so‘roq, undov belgilaridan oldin qo‘llanmaydi.Hozirgi o‘zbek tilidagitinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishidagi xususiyatlarni, sismavzuni hisobga olib, umumlashtirib, ularni shunday gruppalash mumkin:
1) takroriy qo‘sha qo‘llanish
2) oddiy qo‘sha qo‘llanish
3) murrakab qo‘sha qo‘llanish
4 savol
Topdik, topdik!.. – deyman shivirlab. (O.) Shunaqami? Bilinyaptimi?... – Jo‘raxon o‘zini tetikroq tutishga urinib jilmaydi.
Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling