variant Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang?
) E’tiqod tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang
Download 29.85 Kb.
|
3-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18) O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari yoritilgan qatorni ro‘rsating.
- 19) “...– shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlar asosida tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘yib, jumlani yakunlang.
- Ochiq test. 21. Pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillarini yoriting.
17) E’tiqod tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
A) Tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va хulqiga ta’sir etish usullari yig‘indisidir V) Dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-aхloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi S) Kishilarning turmush tarzi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig‘indisidir; D) Kishilarning turmush tarzi, hayoti, aхloq-odobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig‘indisidir; 18) O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari yoritilgan qatorni ro‘rsating. A) Intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy mahorati; V) Intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi; S) Ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi; D) Amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi; 19) “...– shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlar asosida tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘yib, jumlani yakunlang. A) Rivojlantirish; V) Ta’lim; S) Bilim; D) Shakllantirish; 20) “... – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon”. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘yib, jumlani yakunlang. A) Rivojlanish; V) Ma’lumot; S) Ta’lim; D) Bilim; Ochiq test. 21. Pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillarini yoriting. Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni. Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog‘langan, nima bilan u bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatadi. Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko‘plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo‘ladi. Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz. I. P. Podlasыy tasnifi bo‘yicha: Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy Sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi. Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini, ularning ko‘ptomonlama o‘zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik. Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir. Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ekti (shaxs) bir paytning o‘zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o‘zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi. Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘zaro harakatida kechadi. Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxslararo aloqalarning intensivligi va boyligiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji darajasi va sur’ati: irsiyat; tarbiya va o‘quv muhiti; pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo‘llanishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik ta’sirning samaradorligi: ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi; ta’lim oluvchilarga ko‘rsatiladigan korreksiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati – o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi: hissiy idrokning sifati va intensivligi; idrok etilganning mantiqiy anglanishi; anglanganning amaliy qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi (pedagogik) va ichki (bilish) faoliyatning birligi qonuniyati – pedagogik jarayonning samaradorligi: pedagogik faoliyatning sifati; tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart qilib qo‘yadi. M. Kodjaspirov bo‘yicha: Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog‘liqligi. Inson tabiati bilan bog‘langanlik qonuniyati: shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli; ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o‘ziga xosliklariga bog‘liqligi. Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati: tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi; o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi. Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling