Variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir


Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar


Download 80.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana04.10.2023
Hajmi80.57 Kb.
#1691885
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu

 
2.6. Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar 
Strategiya to’zishga yondoshuvlar quyidagicha bo’ladi
12

1)Bosh strategik yondoshuv - bunda strategiyani boshliqning o’zi ishlab chiqadi. 
Bunday xolda boshqaruvchi axvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya 
detallariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chiqadi. 
2)Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani to’zish xodimlarga yoki 
komissiyaga topshiriladi. Bunday xolda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab 
chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo’yicha personalga yoki 
ishonch bildirilgan xodimlardan to’zilgan maxsus komissiyaga topshiradi. 
3)Qo’shma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv o’rtasidagi 
oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab 
chiqish kimlarga topshirilgan bo’lsa, uni ushalarning o’zlari bajarishlari kerak bo’ladi. 
4)Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan 
strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan xam, 
«g’oyalar generatorlari» guruxini boshqarishdan xam manfaatdor emas. Bilaks, 
boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, ximoya qilish va xayotga tadbiq etish 
uchun menejerlarni o’zlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun 
boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo’lgan turt asosiy yondoshuvning birortasi 
xam eng yaxshi yondoshuv sifatida yo’zaga chiqmaydi. Ularning xar birini kuchli va 
kuchsiz tomonlari mavjud. 
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo’yicha variantlarni 
turlicha bajaradilar.Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik 
kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy kechadi. Yirik Korxonalar 
strategiyani xar yili rejalashtirish ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning 
tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.
Strategiya ma’naviy jixatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning xar bir 
xarakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida bo’lishi lozim. Kompaniya mulkdorlar, 
xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir. 
Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga quriladi. 
Kompaniya bilan yetkazib beruvchi xam sherik, xam o’zaro raqibdir. SHuning uchun 
ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim. 
Jamiyat nazarida xar bir kompaniya «yaxshi fuqaro» tushunchasiga mos bo’lishi, 
o’z vazifalarini xalollik bilan bajarishi, ya’ni soliqlarni o’z vaqtida to’lashi lozim.
 
12
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.51 
38



Download 80.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling