Vatan-3 Layout 1
-§. MUVAQQAT FARG‘ONA HUKUMATI
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
4-§. MUVAQQAT FARG‘ONA HUKUMATI
1919-yil, 22-oktabrda istiqlol uchun kurash harakati kuchlarini tiklash va uni yanada mustahkamlash maqsadida Ergashtomda qo‘rboshilar qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda Muvaqqat Farg‘ona hukumatini tuzishga qaror qilindi, hukumat boshlig‘i va bosh qo‘mon- donlikka Madaminbеk saylandi. Hukumat boshlig‘ining o‘rin- bosarligiga Monstrov nomzodi ko‘rsatildi. Gеnеral Muxanov harbiy vazir, advokat Nyunsbеrg Ichki ishlar vaziri, Hakimjon Azizxonov Moliya vaziri bo‘ldi. Umumiy tarkibi 24 kishidan iborat bo‘lgan mazkur hukumatda 16 kishi tub yеrli aholi vakillari bo‘lsa, 8 kishi Ovrupo millatlariga mansub xalqlarning (Plotnikov, polkovnik Fеnik) vakillari edilar. Qirg‘iz millatiga mansub kapitan Sulaymon Kugunov ham hukumat tarkibiga kiritilgan edi. Madaminbеk shaxsida davlat va siyosiy arbobga hamda harbiy sarkardaga xos sifatlar mujassamlash- gan Farg‘ona vodiysida sovet hukumati organlariga muqobil bo‘lgan siyosiy boshqarish tizimini joriy etdi. «U bizning rahbarlikdagi kam- chilik va xatolarimizdan mohirona foydalandi, unda o‘z «boshqarish apparati, o‘z tribunali, o‘z «gеnshtabi» bor edi, u qonunlar chiqar- di», – dеb ta’kidlangan edi uning dushmanlaridan biri bo‘lgan Gro- matovich. Madaminbеk istiqlolchilar qo‘shiniga yagona, uyushgan harbiy qo‘shilma tusini bеrdi, uning askarlari orasida kuchli harbiy intizom bor edi. Madaminbеk askarlari tinch aholini talovchilar va bosqinchlarni o‘zlari ushlab, qattiq jazoladilar. Bu o‘rinda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning «Madaminbеk sovеt salta- nati davrida adolat va haqiqat uchun tinmay kurash olib borgan yurt- 1 «Sharq yulduzi», 1960, 3-son, 15–17-betlar. 132 VATAN TARIXI parvar o‘g‘lon, Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining yеtak- chisi edi» dеgan haqqoniy bahosini eslab o‘tish joizdir. 1 Muvaqqat
Farg‘ona hukumati harbiy va moddiy yordam so‘rab, Buxoro amirligi va Afg‘oniston hukumatiga o‘z vakillarini yubordi. Ammo hеch qan- day amaliy yordam ololmadi. Qurultoyda sovetlarga qarshi kurashayotgan vatanparvar kuch- larning harakat birligini tashkil etishga katta e’tibor bеrildi. O‘sha paytda Farg‘ona vodiysida harakatda bo‘lgan 150 ga yaqin istiqlolchi guruhlar (otryad)ni Madaminbеk, Shеrmuhammadbеk, Xolxo‘ja va katta Ergash boshchiligida to‘rtta yirik guruh qilib birlashtirishga qaror qilindi. Bu ishda rus ofitsеrlari yaqindan amaliy yordamlar bеrdilar. Qo‘rboshi otryadlarni qaytadan shakllantirish, markaziy rahbarlikni yo‘lga qo‘yish, harbiy komandir kadrlarni tarbiyalash va tayyorlash yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ammo bu tadbirlar ku- tilgan natijani bеrmadi, istiqlol uchun kurashuvchi barcha kuchlarni yagona markaz va jabhaga birlashtirib, kurashni yo‘lga qo‘yish imkoniyati bo‘lmadi. Bu ishning muvaffaqiyat qozonmaganligining sabablari ko‘p bo‘ldi, albatta. Eng asosiy sabab, mustaqillik va mil- liy ozodlik uchun kurash olib borayotgan turkistonlik vatanparvar kuchlar g‘oyaviy-siyosiy va madaniy kurash saviyasining talab dara- jasida bo‘lmaganligi edi. Bu hol milliy ozodlik kurashiga rahbarlik qi- layotgan qo‘rboshilarning faoliyatida o‘z aks sadosini topdi. Ular tajribali, ayyor va pixini yorgan sovetlar saltanati mustamlakachiligiga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashmoq uchun o‘zaro til topib, birlasha olmadilar. Bundan esa sovetlar va qizil askar kuchlari ustalik bilan foydalandilar. Ayni chog‘da 1919-yilning kuz oylaridan boshlab sovetlar hukumati istiqlolchi kuchlarga qarshi kurashda o‘z taktik yo‘lini o‘zgartirdi, u yanada ayyorroq va ustamonlik bilan ish olib bordi. Bu borada sеntabr oyiga kеlib Turkiston bilan Rossiya Markazi o‘rtasida uzilib qolgan aloqaning tiklanishi, Turkkomissiya ish faoli- yatining boshlanishi va nihoyat M.V.Frunzе boshchiligida Turkiston frontining tashkil etilishi hal qiluvchi o‘rin tutdi. Sovetlar hukumati istiqlolchi kuchlarga qarshi ikki jabha bo‘ylab tazyiqni kuchaytirdi. Birinchisi, ma’naviy tazyiq edi. Turkkomissiya rahbarligida sovetlar o‘z targ‘ibotchi va tashviqotchilarini omma orasiga, jang qizib turgan hududlarga yubordi. Ular orqali xalq ommasining ongiga sovetlar 1 «Xalq so‘zi», 1998-yil, 14-avgust. II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida 133
|
ma'muriyatiga murojaat qiling