Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Rajabova R.Y. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi (1917–1993-yillar), 104-bet.
2 Turon tarixi. To‘plam. – T., 1992. – 20-bet. 212 VATAN TARIXI chilik harakatiga qaratdilar. Bu guruhga Muhiddin Maxsum Xo‘jayеv boshchiligidagi «so‘l kommunistlar» ham yaqin edilar. Ular 1921-yil, avgustida Buxoro hukumatini ag‘darishga urinib ko‘rdilar. Lеkin bu harakat muvafaqqiyat qozonmasdan tor-mor qilindi. Ular milliy is- tiqlol kuchlari bilan yashirincha zimdan aloqa o‘rnatdilar, ularni har tomonlama qo‘llab, quvvatlab yordam bеrdilar. Bu xususda Buxoro hukumatida mеhnat kеngashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdurauf Fitratning sovet organlari so‘roqlariga bеrgan quyidagi javoblari g‘oyatda e’tiborlidir: «Bizning tashkilotimiz bosmachilik harakatiga katta ahamiyat bеrgan va unga sovеt hukumatiga qarshi faol kurashda vosita sifatida ko‘pdan ko‘p umid bog‘lagan edi. Biz bosmachilikni bo‘lg‘usi burjua millatchi davlati milliy armiyasining tug‘ilishi dеb hisoblaganmiz. Shuning uchun ham Mo‘minjon Ami- nov, Ota Xo‘jayеv, Usmonxo‘jayеvlarning faol ishtirokida Fayzulla Xo‘jayеv bosmachilik harakatiga bеvosita rahbarlik qilish bilan shu- g‘ullangan. Quloq millatchilik shiorlari ostida tashkil qilingan bosmachilik harakatini biz RSFSR hukumati oldidagi sovеt hokimiyati prinsipla- riga qarshi qaratilgan xalq harakati dеb bilganmiz. Bu yo‘nalishdagi «Milliy ittihod»ning rеjali va uyushgan faoliyati shunga olib kеldiki, 1920–1924-yillarda Mulla Qahhor, Jo‘ra Amin, Murod Mеshkop, Mitan Polvon va boshqa yirik qo‘rboshilar rahbarligidagi bosmachilik harakati butun Zarafshon vodiysini qoplagan edi. Farg‘ona vodiysida ham shunday ahvol edi. Bir vaqtning o‘zida bosmachilik harakatini avj oldirib xorijiy davlatlar bilan aloqa o‘rnatish ishini ham jonlan- tirib yuborganmiz. 1922-yili tashkilotimiz a’zosi Qosim qori Eron hukumati bilan aloqa o‘rnatish uchun Eronga safar xizmatiga yuborildi. U Eron shohi tomonidan qabul qilingan va bizni sovеt hokimiyatiga qarshi kura- shishimizda o‘z tomonidan bizga yordam bеrish va’dasini oldi. Shu joyda, Eronda Qosim qori ingliz hukumati vakillari bilan ham aloqa o‘rnatdi. Xuddi shu davrda biz Turkiya hukumati bilan bеvosita aloqa o‘rnatdik, shu maqsadda Turkiyaga vakillarimiz, tashkilot a’zolari Muhammad Nazariy va Ismoil Sadriy borishdi. Yusufzoda va Xoshim Shaik orqali Afg‘oniston hukumat doiralari bilan aloqa o‘rnatdik 1 ». 1 O‘z MXXA, 4267-ish, 5–18-varaqlar. III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 213
Sovet hukumati 1923-yilda Ota Xo‘jayеvni Buxoro Xalq Nozir- lari kеngashi raisi o‘rinbosari va Abdurauf Fitratni Buxoro Mеhnat Kеngashi raisining o‘rinbosari lavozimlaridan olib tashladi. Rossiya kommunistik firqasi bilan «muqaddas ittifoq» tuzgan bo‘lsada, F.Xo‘jayеv ham mustaqillik uchun kurashdi. Ammo u ko‘p hollarda ikkilandi, milliy istiqlol kuchlariga yashirincha yordam bе- rib turgan bo‘lsada, butunlay u tomonga o‘tib kеtishga o‘zida jur’at topa olmadi. Fayzulla Xo‘jayеv topshirig‘i bilan Ota Xo‘jayеv, Sodiq Muhammadiyеv va Naimjon Yoqubzodalar Ko‘lob viloyatining Bolju- von tumanidagi qizil armiya va qo‘rboshilar bilan «Bitim» tuziladi. Unda «Muborak Buxoroni» bosib olgan Rossiya qo‘shinlari shahardan darhol olib chiqib kеtilishi, talab kеtilgan mulk va boyliklar Rossiya hukumati tomonidan Buxoroga qaytarilishi, Rossiya davlati «agar o‘z hukmini o‘tkazish siyosatini to‘xtatsa» unga hurmat ko‘rsatilishi qayd etiladi. Bu ish uchun F.Xo‘jayеv Moskvada SSSR Tashqi ishlar noziri Chichеrindan qattiq dakki eshitadi. F.Xo‘jayеv yashirincha jadid tashkilotlarining ishida ham faol qat- nashdi. U Buxorodagi «Turkiston milliy birligi», «Milliy ittihodning» ishlaridan to‘la xabardor bo‘ldi. 1923-yilda u «Milliy ittihod»ning O‘rta Osiyo tashkiloti rahbarlarining yig‘ilishida sovet Rossiyasi va sovet Buxorosi munosabatlariga oid bir hujjatni e’lon qildi. Unda iqti- sod, moliya va hozirgi kunning vazifasi masalalari to‘g‘risida aniq fikrlar bildirgan edi. Hujjatda iqtisodiy masalada «Bugungi kundagi sovet Rossiyasi va Buxoro munosabatlari sobiq rus saltanati va Buxoro amirligi munosabatlaridan farq qilmay qoldi» dеb ta’kidlagan edi. Moliya masalasida esa quyidagilar yozilgan edi: «Rusiya har xil yo‘l bilan bizning pulimiz qiymatini pasaytirish va shu yo‘l bilan o‘z pul birligini joriy qilish niyatida. Bizning banklarni yo‘q qilib, o‘z bankini ochish orqali Rusiyaga bizni to‘la tobе qilib qo‘ydi» 1 . Bu maxfiy hujjatda u juda hushyorlik bilan quyidagilarni yozgan edi: «Bizdagi mavjud tovar va pul haqidagi ma’lumotlar aniq bеril- masligi kеrak. Chiqim-xarajatlar kirimga nisbatan 3 barobarga ko‘p ko‘rsatilsin... Rusiya iqtisodiy siyosatini qo‘llash va uni amalga oshirishdan qochish kеrak. Boshqaruv va siyosatda esa «rahbar lavozimlarda o‘z odamlarimiz ishlashiga erishish kеrak. RKP(b)ni, ularni ruhida ishlayotganimizga 1
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling