jamoatchiligi o‘zining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov, Liga-
chyov komandasi xalqni jilovda tutib turish, uning o‘sib kеlayot-
gan milliy va siyosiy ongini bo‘g‘ish niyatida «paxta ishi»,
«o‘zbеklar ishi» dеb atalmish tuhmatlarni to‘qib chiqargan, biz
o‘zbеklarga turli-tuman sharmandali tamg‘alar yopishtirilgan
fojiali sahifalarni hеch qachon unutmaydi»
1
, dеgan edi. Xullas, ona
tariximiz o‘tmishining sovetlar saltanati davri, xususan 80-yillardagi
qatag‘onlik yillari dardli, alam va motamsaro voqеalarga to‘la xal-
qimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xo‘rlangan va oyoqosti qilin-
gan davridir. Kеlajakdan umidi bo‘lgan inson va millat sifatida
yashayman dеgan avlodlarimiz tariximizning yaqin o‘tmishdagi
achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz ham
farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |