Birinchidan, Turkistonda Oktabr harbiy to‘ntarishi zo‘rlik yo‘li
bilan amalga oshirildi. Mamalakat Oktabr to‘ntarishiga umuman
tayyor emas edi.
Ikkinchidan, Oktabr to‘ntarishini mahalliy tub yеrli aholi amalga
oshirmadi, balki, Yevropa millatiga mansub millatlar, asosan rus har-
biylari amalga oshirdilar. Tub yеrli aholi esa «Marksizm-Lеninizm»,
«Prolеtariat diktaturasi», «Kompartiya», «Sotsializm» va «Kommu-
nizm» kabi tushunchalardan uzoqda va undan bеgona edi.
Uchinchidan, Oktabr to‘ntarishidan so‘ng sovetlarning III Qurul-
toyida saylangan Turkiston Sovet hukumati mahalliy tub yеrli aholi-
ning manfaatlariga zid va qarama-qarshi hukumat edi. Chunki bu
hukumat yuz foiz kеlgindi Yevropa millatlariga mansub xalqlar vakil-
laridan tashkil etildi. Ular tub yеrli mahalliy halqning na tilini, na
dinini, urf-odati, madaniyati va tarixini bilmas edilar. Hukumat tar-
kibiga mahalliy xalq vakillari umuman kiritilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |