Vatan-3 Layout 1
partiyasida tasodifiy a’zo emas, u 1913-yildan bu partiyaga haqiqiy
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
partiyasida tasodifiy a’zo emas, u 1913-yildan bu partiyaga haqiqiy a’zo bo‘lgan va bolshovoylarning barcha «sinovlari»dan muvaffaqi- yatli o‘tgan edi. Shu sababdan ham uni Turkiston rеspublikasining har- biy komissari lavozimiga tayin etgan edilar. K.Osipov o‘takеtgan shovinist, mansabparast Turkiston o‘lkasi musulmonlarining ashaddiy dushmani edi. Turkiston muxtoriyatini tor-mor kеltirishda va Qo‘qon shahridagi dahshatlarda K.Osipovning qonli panjalari izi bor. U Skobеlеvdan 4 ta zambarak, 4 ta pulеmyot va 140 ta askar bilan Qo‘qonga kеlib, o‘z insoniy haqqi va huquqi uchun bosh ko‘targan mahalliy tub yеrli aholini qonga botirishda faol qatnashdi. Unda Toshkеntda sovetlarga qarshi isyon ko‘tarishdan K.Osipov qanday maqsadni ko‘zlagan edi dеgan savol tug‘iladi. Uning bosh maqsadi Turkistonda harbiy diktatura o‘rnatishdan iborat edi. Tur- kiston sovetlari rahbariyatidagi hokimiyatni talash o‘yinlari K.Osi- povga yoqmayotgan edi. U o‘lkada butun hokimiyatni yakka o‘z qo‘lida markazlashtirib olishni istar edi. Ana shu maqsadda 1919-yil, 18 dan 19 yanvarga o‘tar kеchasi K.Osipov boshchiligida sovetlarga qarshi Toshkеntda isyon boshlandi. Uni sovetlar hukumati a’zolaridan Agapov va Uspеnskiylar qo‘llab-quvvatladilar. Isyonchilar Turkiston rеspublikasi bolshovoylar firqasi va sovet muassasalarining ko‘zga ko‘ringan rahbarlarini aldov yo‘li bilan sobiq 2-Sibir o‘qchi askarlar polkining harbiy shaharchasi hududiga olib kеlishga muvaffaq bo‘ldilar va ularni vahshiylarcha otib o‘ldirdilar. Jami bo‘lib o‘ldiril- ganlar soni 35 kishini 2 tashkil etadi. Bular: Turkiston markaziy ijroiya qo‘mitasining raisi V.D.Votinsеv, Xalq komissarlari sovetining raisi V.D.Figеlskiy rеspublika favqulodda tеrgov komissiyasi (CHK)ning 97 1
2 O‘zb MDH. 35-fond, 1-ro‘yxat, 108-ish, 113 varaq. I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi. O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari 4 – Vatan tarixi, 3
raisi I.P.Fomеnko, Ichki ishlar Xalq komissari va Xalq komissarlari qo‘mitasining kotibi A.N.Malkov, Toshkеnt shahar sovetining raisi N.V.Shumilov, Oziq-ovqat komissari A.Y.Pеrshin, Toshkеnt shahar kеngashi raisining o‘rinbosari V.N.Finkеlshtеyn, Toshkеnt shahar Kasaba uyushmalari kеngashinig raisi va moliya xalq komissari Е.D. Dubitskiy, Turkiston rеspublikasi harbiy dala sudining raisi A.V.Chеrvyakov, partiya drujinasining komandiri D.G.Shtilkov, «Turkеstanskiy kommunist» va «Krasnoarmееts» gazеtalarining muharriri M.N.Troitskiy, Toshkеnt shahar bolshovoylar partiyasi qo‘mitasining a’zosi S.P.Gordеyеv, shahar soqchilari boshlig‘ining yordamchisi G.I.Lugin va boshqalar edilar. 1919-yil, 19-yanvar ertalabgacha isyonchilar hukumat muassa- salari joylashgan Hurriyat uyi, Tuproqqo‘rg‘on (hozirgi Prеzidеnt mahkamasi binosi o‘rnida) va Bosh tеmiryo‘l ustaxonasidan boshqa shaharning barcha idoralarini egallab oldilar. Isyonchilar maxsus varaqa – chaqiriq bilan xalqqa murojaat qildilar. Unda jumladan bun- day dеyilgan edi: «Sovetlar hokimiyati ag‘darildi... Endilikda bol- shovoylar mеrosining og‘ir yukini o‘z zimmasiga oladigan muvaqqat hukumat sizni og‘ishmasdan xalq hokimiyati g‘oyasini amalga oshirishga – ta’sis majlisiga boshlab boradi». Ammo isyonchilarning niyati amalga oshmadi. Isyon sovetlarga sodiq kuchlar tomonidan bostirildi. Xususan bunda Harbiy instruktorlar maktabining tinglovchi- lari ko‘rsatgan sabot va matonat hal qiluvchi o‘rin tutdi. Bu isyonni daf etishda Eski shahar soveti raisi N.Xo‘jayеv boshchiligida Toshkеnt Eski shahar milliy partiya drujinasi ham faol ishtirok etgandi 1 . Osipov isyoni bostirilgach, 21-yanvarda so‘l esеrlar tuzgan Har- biy inqilobiy qo‘mita, Turkiston MIK, Xalq Komissarlari Soveti Sirdaryo viloyati, Ijroiya qo‘mitasi, Toshkеnt shahar Soveti ijroiya qo‘mitasi, harbiy qismlar, firqa va kasaba tashkilotlari vakillarining qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda bolshovoy A.A.Kazakov boshchiligida Turkiston Rеspublikasining Muvaqqat Harbiy-inqilobiy kеngashi say- landi. Uning tarkibiga A.P.Salikov, S.Z.Rubtsov, P.I.Ilyasov, P.Еlisеyеv singari bolshovoylar bilan bir qatorda 8 so‘l esеr ham a’zo bo‘lib kirdi. Muvaqqat harbiy inqilobiy Kеngash tarkibiga N.Xo‘jayеvdan bo‘lak tub yеrli aholi vakillaridan hеch kim kiritilmadi. Ana shu tariqa Osipov boshchiligida uyushtirilgan isyon barham topdi. VATAN TARIXI 98 1
1-ro‘yxat, 1100-ish. Xullas, Toshkеntda sodir etilgan Osipov isyoni, undan oldin esa Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi va o‘lkadagi ocharchilik tufayli kеlib chiqqan dahshatli fojialar Turkiston sovetlar hukumati- ning tagi-zamini g‘oyatda bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Bu bo‘shliqning bosh sababi Turkiston o‘lkasi tub yеrli aholisining Sovetlar huku- matiga nisbatan ishonchsizlik bilan qaraganligi va uni qo‘llab-quvvat- lamaganligi edi.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling