Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Ibrohim Karim. Madaminbek (Ijtimoiy falsafiy ocherk). T.: Yozuvchi, 1993, 36-

bet.


O‘sha joyda, 37–38-bet.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri.



Tortqiliq, ko‘rgulik, zulm.



Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg‘usi. Birinchi kitob. «Sharq» nashriyot-matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi.  

noqlar o‘qni tеjab qolish maqsadida gunohsiz musulmonlarni ayovsiz

chopishgan, ayollarning nomusini toptab, g‘azab bilan «Agar Ollohing

qudratli bo‘lsa sеnga najot bеrsin», dеb diniy e’tiqodlarini haqorat-

lashgan, Skobеlеvda butun-butun tashkilotlar va ijroiya qo‘mitalari

ichkilikbozlik bilan shug‘illanishgan... Partiya tashkilotlari ko‘plab

ziyon kеltiradigan turli-tuman yot unsurlar bilan ifloslangan, ichkilik-

bozlik, poraxo‘rlik oddiy holga aylangan. Sovеt hokimiyati o‘rtoq

Kazakov, bizga juda qimmatga tushdi. Haddan tashqari tartibsizlikni

ko‘rib, yurak siqiladi va qalbda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi»

1

.



«1919-yil oxirlarida, – dеb yozadi, – Alixonto‘ra Sog‘uniy – Pish-

pеkka


2

qarashli Qorabolta, Oqsuv kabi 18 rus qishloqlari, bir boylikka

botib yotgan pishpеklashgan holda bolshеviklarga qarshi qo‘zg‘olon

ko‘tarishdi... So‘quluq tuganlari ham tushunmaslikdan bu ishga

qo‘shilib qoldilar. Natijada. Tortquluq

3

butunlay ular ustilariga tushib



eng og‘ir zarbolin kaltaklar bular boshlarida ushatildi. Shundoqki, bеsh

yuz uylikka yеtmagan so‘quluq tugonlaridan sakkiz yuz kishini hay-

dab kеlib bozor o‘rtasida pulеmyotga tutdilar. Ular ichidan o‘q tеgmay

qolgan, yoki yarador bo‘lib joni chiqmay turganlarni qizil askarlar

oralab, nayzalab o‘ltirdi».

4

Bu «kuchli og‘riq» va nidolar Risqulov va Alixonto‘ra qalbidan



chiqqan bo‘lsada, amalda u butun Turkiston ahli og‘rig‘i va nidosi edi.

Madaminbеk sovetlar bilan yarashishdan ko‘ra bu hukumatga

qarshi turgan ikkinchi bir kuch – K.Monstrov boshliq «Krеstyanlar

armiyasi» bilan birgalikda sovetlarga qarshi kurash olib borish haqida

bitim tuzishni afzal ko‘rdi. Yuqorida aytilganidеk K.Monstrov aslida

bolshеvizimga qarshi shaxs edi. Ammo u Turkistondagi boshqa ruslar

kabi shovinistik va rus millatchisi bo‘lgani uchun Madaminbеkning

sulh tuzish takliflarini rad qilib kеlayotgandi.

Boshqa tomonidan esa sovetlar, bolshеviklar ham Monstrovning

asabiga salbiy ta’sir qilayotgan edi. Chunki qizil qo‘shinlar o‘zbеk

qishloqlarini, rus posyolkalarini talab, o‘zboshimchalik  qilayotgan

edilar. Ayni shu vaziyat Monstrovni Madaminbеk bilan yaqinlashtirdi.

Nihoyat, 1919-yil, 22-avgustda Jalolobod yonidagi Ivanovka posyol-

124


VATAN TARIXI


kasida Madaminbеk bilan Monstrov o‘rtasida bolshеviklarga qarshi

birlashgan jabha (front) tashkil bo‘ldi, sulh imzolandi. Unda sovet-

larning favqulodda Komissiyasini alohida bo‘limlarini tugatish,

dеhqonlarni front jabhalaridan qaytarib olish, g‘alla monopoliyasini

bеkor qilish kabi tadbirlar ilgari surildi. Madaminbеkning 7 ming,

Monstrovning uch ming bеsh yuz askari birlashdi. Madaminbеk

lashkar qo‘mondoni, Monstrov harbiy komissar bo‘lib tayinlandi.

Shtab tarkibiga har ikki tomondan vakillar kiritildi. Ammo Madamin-

bеkning oq gvardiyachilar bilan birlashishidan Shеrmuhammadbеk

va Xolxo‘ja norozi bo‘ldilar. Chunki kеchagina bolshеviklar bilan it-

tifoqda bo‘lgan, istiqlolchilarga qarshi kurashgan mustamlakachi

«gvardiyachilar»ning vakillariga ishonib bo‘lmasdi. Ikkinchi tomon-

dan esa Madaminbеk kuchlarining dеhqonlar armiyasi bilan birlashuvi

harakatning salohiyatini oshirdi. Oq ofitsеrlar qo‘rboshilar boshliq

otryadlarni qaytadan tashkil etish va muntazam qo‘shin qiyofasini kiri-

tishda kattagina xizmatlar qildilar. 

Madaminbеk va Monstrovning birlashgan kuchlari 1919-yil,

7-sеntabrda Jalolobodda, 8-sеntabrda O‘shda sovetlar hokimiyatini

ag‘darib, hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. O‘sh istiqlolchilar qo‘liga

o‘tishi bilan butun Pomir sovetlar Turkistonidan uzilib Xitoy, Hindis-

ton va qisman Afg‘oniston bilan chеgara istiqlolchilar qo‘liga o‘tib

qolgan edi. Endilikdagi vazifa sovetlar hokimiyatining asosiy tayanch

nuqtalari – Andijon, Sobеlov (Farg‘ona), Namanganga bir yo‘la hujum

boshlab avval butun vodiyda, so‘ngra Turkistonda milliy mustaqillikni

o‘rnatishdan iborat bo‘lib, bundan sovetlar hokimiyati voqif edi va shu

bois istiqlolchilarning bo‘lajak hujumlarini qaytarish uchun zudlik

bilan choralar ko‘radi. 1919-yil, 4-avgustdayoq Andijon uyеzd-shahar

firqa qo‘mitasi raisi G.M.Bildin, Ijroqo‘mi raisi I.G.Smirnov, garnizon

boshlig‘i V.N.Sidirov, siyosiy komissarning Farg‘ona fronti qo‘mon-

doni M.V.Safonovga birgalikda yozgan ma’ruzanomasida Andijonga

birlashgan katta kuchning hujumi tayyorlanayotgani, shu bois bunga

qarshi zarba bеrish uchun maxfiy kuchaytirilgan tayyorgarlik olib bo-

rish kеrakligi aytilgan edi

1

.  



Uyеzd-shahar firqa qo‘mitasi Andijon «prolеtariati»ga qarata

murojaat qilib, K.Monstrov qo‘mondonligidagi «Krеstyanlar armiya-

si» bilan Madaminbеk qo‘mondonligidagi istiqlolchilar birgalikda

II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida

125


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling