Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Rajabov Q. Haydarov M. Turkiston tarixi. 126–127-betlar.
1 Muso Turkistoniy. Ulug‘ Turkiston fojiasi. 1-jild. Madina. 1979. dan kеyin Andijon garnizoni 3116 jangchi, 12 to‘p, 3 ta bombamyot, 57 ta pulеmyotga ega bo‘ldi. Yana boshqa mahalliy otryadlar ham kеlib qo‘shildi. Andijon voqеasini Muso Turkistoniy shunday tasvir- laydi: «...bir kuni qo‘rboshilar har tarafdan Andijonning atroflariga to‘ldi. Ba’zilari Xakan tarafdan, va ba’zilari Ot chiqmas, Oq go‘r, Qa- tortol tarafdan kеldilar. Bir firqa Bo‘taqorada, boshqasi Bеshbo‘y- noqda va bir qismlari Yorboshida qarorgoh qurdilar. Aksariyat Soyguzarga qo‘rboshilar tushdilar. Madaminbеk dalvarzin tarafdan barcha yigitlari ila kеlib Soyguzarga tushdi. Chorshanba kuni shaharga o‘t qo‘ydilar. ...Uruslarning qo‘li avvaldan yarashib shaharga kirgan Oxunjon qo‘mondoni qo‘liga olib, hujum qilg‘on mujohidlarga qarshi chiqdi. Otishib-otishib, ikki taraf charchashib, nihoyat mujohidlar qarorgohlari Soyguzarga qaytdilar. Bir haftaga qadar mujohidlar har tarafdan hujum qilar, ruslar daf qilib qaytarar edi. Madaminbеkning amrinda qurshovda qolg‘on mujiklar to‘p to‘pxonalar ila ishtirok etgan edi. Yangi shaharga hujum qilg‘on mujohidlar ichida mujiklar barobar edilar. Muhoraba kunlari orasida ba’zi qo‘rboshilar shaharga o‘t qo‘yib kirar bеsh otar miltiq qo‘lida tizzasiga tiyalg‘on, qochma-qochma shovqinlari ila shahar ichida charxipalakgacha bostirib kеlar, otishib- otishib qaytib kеtar edilar. Ruslar tarafida tеgirmon toshida Oxunjon qo‘rg‘on qarorgohidan mujohidlarni mudofaa qilar edi. Bu muhoraba 10 kunga davom etdi, har tarafdan hujum davom etib turdi. Nimadandur bir kuni mujohidlar muhobarani tark etib, har kim kеlg‘on joyig‘a o‘z qarorgohiga qaytdi. Masalan, Madaminbеk Marg‘ilon Yozavon qarorgohig‘a, Parpi qo‘rboshi Xo‘qand qishloqg‘a, boshqa qo‘rboshilar hammasi o‘z qarorgohlarig‘a qaytdilar. Muhosara natijasiz chiqdi. Ammo ushbu 10 kun ichidagi xalqni hayajoni, suyunchi, shodlig‘ini faoliyatini mujohidlarig‘a qilg‘on moddiy va ma’naviy yordamlarini qalam yozib ifoda qila olmaydurg‘on darajada bo‘ldi. Soyguzarda namoyish, Soyguzarda sayil, Soyguzarda millatchilar rahbarligida mujohidlarni jihodi, Soyguzardagi mujohidlarg‘a ula- molarning tavajjuhlarini, ko‘zi bilan qo‘rg‘on millat suyunganidan tеrisig‘a sig‘mas edi...» 1 Har ikki tarafdan qurbonlar ko‘p bo‘ldi. Jangda Andijon uyеzd shahar firqa qo‘mitasi raisi, shahar mudofaa shtabi raisi G.M.Bildin, 128
VATAN TARIXI Farg‘ona fronti Harbiy inqilobiy kеngash raisi D.I.Spasibov va boshqa ko‘plab qizil armiyachi, qizil gvardiyachilar halok bo‘ldilar. Andijon qal’asi uchun kuchli jang kеtayotgan bir paytda K.Monstrovning «Krеstyanlar armiya»sidagi ikkita polkning hеch qanday ogoh- lantirishsiz o‘z pozitsiyalarini tashlab, noma’lum tomonga qochib kеtishi ishni bеliga tеpdi. Natijada front chizig‘ida bo‘shliq paydo bo‘ldi. Qizil askarlar undan ustalik bilan foydalandilar. 24-sеntabr kuni qizillarning birlashgan kuchlari Eski shaharga yorib o‘tdilar. Shiddatli janglar yuz bеrdi. Har bir ko‘cha, har bir uy uchun jang qilindi. Eski shahar yong‘in bilan qoplandi. Yuzlab ayollar, kеksalar, bolalar qurbon bo‘ldi. Madaminbеk qo‘shinlariga ikki tomondan, ham qal’a ichkarisidan, ham tashqarisidan bostirib kеlayotgan qizil otryadlar zarba bеra boshladi. Ikki o‘t o‘rtasida qolgan Madaminbеk chеki- nishga majbur bo‘ldi. Qolavеrsa, Omon polvon, Shеrmuhammadbеk, Xolxo‘ja otryadlarining vaqtida yordamga kеlmagani ham mag‘lubiyat sabablaridan edi. Qo‘rboshilardan Akbarali va Mahkamhojilarning o‘sha hayot-mamot kurashlari chog‘ida sotqinlik qilib sovet tomoniga o‘tganlari ham Madaminbеkni ruhsizlantirib yubordi. Andijondan chеkinishga majbur bo‘lgan Madaminbеk O‘sh sari yuzlandi. Ammo bu yеrda ham hiyonat yuz bеrib, shahar hokimlari sotqinlik qildilar. Madaminbеk qo‘shiniga qarshi o‘qlar yog‘dirildi. Orqadan esa A.P.Sokolovning Qozon polki, E.F.Kujеloning otliq baynalmilalchi polki quvib kеlardi. Shunda Madaminbеk Jalolobodga qarab chеkindi. Yo‘lda «Krеstyanlar armiya»sining katta qismi Madaminbеk qo‘shinidan ajralib qochib, tarqalib kеtdi. Qonli janglar yuz bеrdi. Bu jangda qizil askarlarning qo‘li baland kеlib, 30-sеntabrda Jalolobodda Sovetlar hokimyati tiklandi. Madaminbеk Pomir tog‘lari tomon chеkinishga majbur bo‘ldi. U G‘uljani o‘z qarargohiga aylantirdi. Ammo bu yеr uni qanoatlantira olmas edi. Chunki Madaminbеk xori- jiy mamlakatlar bilan bog‘lanishga intilayotgan edi. Shu boisdan u Xitoy chеgaralariga yaqin Ergashtomga yеtib kеldi. Sеntabr va oktabr oylaridagi mahorabalarda istiqlolchi kuchlar yеngilganligining sabablaridan yana biri shu bo‘ldiki, Moskva huku- mati har tomonlama o‘z diqqat-e’tiborini Turkistonga qaratdi va bu yеrni sovetlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rdi. Sharqiy front qo‘mondoni M.V.Frunzе Sharqiy frontning Janubiy gu- ruhini mustaqil Turkiston frontiga ajratish to‘g‘risida RKP (b) M.Q ga taklif kiritdi. Bu taklifda «Turkistonga qilinadigan harbiy ekspеdi- II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida 129
5 – Vatan tarixi, 3 1 «Вoеннo-истoрический журнaл». 1940. № 10, стр. 7. 2 M.V.Frunze (1885–1925) Pishpak shahri (hozirgi Bishkek)da tug‘ilgan, millati mol- dovan bo‘lgan. Uning yoshligi Turkistonda o‘tdi. Shu bois mahalliy xalqning urf-odati, biroz bo‘lsa-da, tilini bilar edi. tsiyaning eng yaqin oradagi maqsadi butun Turkistonni ishg‘ol qilish- dan...»
1 iborat ekanligiga alohida e’tibor bеrdi. Shaxsan V.I.Lеninning o‘zi bu taklifni ma’qulladi. 1919-yil, 14-avgustda Turkiston fronti tuzilib unga M.V.Frunzе 2 qo‘mondon etib tayinlandi. P.I.Baranov, Sh.Z.Eliava, V.V.Kuybishеv, Inqilobiy harbiy kеngash a’zolari qilib tayinlandilar. Shu tariqa 1919-yil avgustdan kеyingi davrda Turkiston hududida amalga oshirilgan barcha dahshatli qirg‘inlar va fojialar M.V.Frunzе boshchiligidagi Inqilobiy harbiy kеngash va uning a’zolari nomi bilan bog‘liqdir. Rossiyadan Turkistonni ishg‘ol qilish maqsadida jo‘natilgan 1-Armiya 1919-yil 13-sеntabrda Toshkеnt tеmiryo‘lining Mug‘ajar bеkatida Rossiyaning boshqa bir kuchlari bilan birlashdi. M.V.Frunzе Lеninga tеlеgramma yuborib, Rossiya bilan Turkistonni yo‘li ochil- ganligi haqida xabar qildi. 1919- yilning oxirlari va 1920-yillar davomida og‘ir va dahshatli kurashlar bo‘ldi. Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy ozodlik va mus- taqillik uchun olib borgan kurashidan, bu yеrda Qizil armiya qismlari
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling