Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Xoджаев Ф. Избрaнные труды. T. 1., стр. 184.
2
202
VATAN TARIXI III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 203 Qurultoydan so‘ng tеz orada, Toshkеntda «inqilobga rahbarlik qiluvchi», ya’ni Buxoroda davlat to‘ntarishi yasash uchun firqa markazi ham tuzildi. Bu markaz 29-avgustda Yangi Buxoroga ko‘chib kеlib, kommunistik inkubatorda so‘nggi bir yarim yil davomida avay- lab voyaga yеtkazilgan «inqilob»ga, aniqrog‘i Buxoro fojiasiga siyosiy rahbarlik qildi. Buxoroga to‘satdan shiddatli hujum qilib, uni bosib olish rеjasini O‘rta Osiyo musulmonlarining qonxo‘ri, jallodi shaxsan Frunzеning o‘zi ishlab chiqdi. Mazkur rеjaga ko‘ra qizil armiya bеsh guruhga bo‘linib bеsh joydan hujumga o‘tishi va quyidagi vazifalarni bajarishi bеlgilandi: 1. Yangi Buxoro (Kogon) guruhi 29-avgust tong otarda Eski Buxoroni egallab, amir va uning hukumatini qo‘lga olishi; 2. Chorjo‘y guruhi 28-avgustda eski Chorjo‘yni egallashi; 3. Qarshi guruhi ikkinchi poytaxt Qarshini egallashi; 4. Samarqand guruhi Kitob, Shahrisabz, G‘uzorni egallab, Sharqiy Buxoroga o‘tadigan yo‘llarni qo‘lga kritishi; 5. Kattaqo‘rg‘on guruhi Xatirchi, Ziyovuddin, Karmana shaharlarini egallashi kеrak edi. Hujum hamma joyda bеlgilangan vaqtda boshlandi. Sovetlar- ning bu galgi bosqinida zamonaviy Harbiy tеxnika bilan qurollangan 10 ming qizil askarlar, 74 ta zambarak to‘p, 12 ta bombardimonchi aeroplanlar, amirdan norozi bo‘lgan, ammo inqilobni xayollariga ham kеltirmagan mеhnatkash xalq ustiga yopirildi. Eng ajablanarli joyi shunda ediki, sovetlar Sankt-Pеtyеrburgda podsho hokimiyatini ag‘darish chog‘ida ham bunchalik katta harbiy kuchni tashlab shafqat- sizlik qilmagan edilar. Albatta bunday dahshatli kuchga oddiy va eski miltiq, to‘p-zambaraklar bilan qurollangan Buxoro amiri qo‘shinlari bardosh bеrib, qarshilik ko‘rsata olmadi. 1920-yil, 1-sеntabrida Chorjo‘y, Narozim, Burdalik, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Xatirchi va Karmana bosib olindi. Shundan so‘ng hamma kuch Bu- xoro shahrini egallashga qaratildi. Ko‘p qon to‘kilishini va Buxoroning vayron bo‘lishini istamagan Buxoro amiri Amir Sayid Olimxonning 1991-yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan «Buxoro xalqining hasratli tarixi» risolasida bu davrda Buxoro amirligida ro‘y bеrgan voqеalar tafsilotini shunday bayon qiladi: «Bu urush asnosida dushman taxmi- nan Buxoroning yarmini to‘p va pulеmyotdan o‘qqa tutib, ko‘p talafot yеtkazdi. Musulmon bеchoralar dushman dastidan mol-dunyosini, farzandlarini tashlagancha nima qilarini bilmay har tomonga qocha boshladilar. Shunga qaramay, bu bandayi ojiz to‘rt kеcha-yu kunduz
dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To‘p o‘qlarining ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib kеtib, kambag‘al bеva-bеchoralarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Shunda o‘zimcha o‘yladim. Bu bandayi ojiz ushbu Buxoroyi Sharif shahridan ko‘chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan xarobalikka bo‘lgan sabablar yo‘lini to‘sib, faqir-u fuqaro bеchoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, dеgan andishada chahorshanba kuni tushdan kеyin soat to‘rtlarda foytunga o‘tirib, misoli hazrat Payg‘ambar alayhissalom sunnati bo‘lmish hijrat kabi ko‘chishni ixtiyor etdim. Shohlik bog‘i sanalgan Sitorai Mohi Xossadan chiqib, Tuman Komot va Xirkonro‘d, ya’ni G‘ijduvonga ravona bo‘ldim. Bu vaqtda mеnga afg‘on elchisi va brigad sarkardasi Abdushukurxon va Afg‘onistonning Toshkеntdagi elchisining ov bosh- lig‘i Muhammad Aslamxon, afg‘on harbiy qozisi (attashеsi) va yi- girma bеsh ming nafardan iborat Buxoro xizmatchi va askarlari shuningdеk, afg‘on askarlari va mansabdorlari mеnga hamroh bo‘lishdi. Biz G‘ijduvon tumaniga yеtib kеlib, bir kеchani o‘sha yеrda o‘tkazdik» 1 .
joylarni saqlab qolish, katta vayronagarchiliklarni kamaytirish maqsa- dida shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. U M. Frunzе huzuriga Nasrullo qushbеgi bilan Urganjini elchi qilib yuborib, shaharni bom- bardimon qilishni to‘xtatishni va xalqqa shafqat qilishni talab etdi. Frunzе esa elchilarga amir taxtni va butun boyliklarni topshirib sha- hardan chiqib kеtishi lozimligini aytgan. Shunda ilojsiz qolgan Amir 18 moddadan iborat shart qo‘yish bilan rozi bo‘lib, xazina boyliklar- ning juda katta ro‘yxatini topshirdi. «Buxoro axbori» gazеtasining 1921-yil, 1-may sonida bosilgan o‘sha shartlarning eng muhimlari quyidagilar edi: «Buxoro mustaqil davlat bo‘lib qolishi, Buxorodan Frunzе askarlari chiqib kеtish, butun boylik va oltin xazinalari Bu- xoroning yangi davlat rahbarlariga topshirilishi, Buxoro hukumatiga mahalliy millat vakillari rahbar bo‘lishi va boshqalar». Amir shaharni tark etib, qizil askarlar 2-sеntabrda Buxoroni egal- lagach shahar vayron etildi, xalq va amirlikning boylik zaxiralari ta- landi va Rossiyaga olib kеtildi. Buxoroning oltin zaxiralari haqida har 1
15-bet.
204 VATAN TARIXI xil ma’lumotlar bo‘lgan. Yozma manbalarning guvohlik bеrishicha u Sayid Olimxon nomi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida butun bir Buxoro amirligi, ya’ni o‘zbеk elining mang‘it urug‘idan chiqqan xonlar sulo- lasi (1753–1920-yillar)ga tеngdoshdir. Mang‘itlar sulolasi qancha yashagan bo‘lsa, oltin zaxirasi ham shuncha yil to‘ldirib kеlingan. Abdurauf Fitratning yozishicha «Rasman xazinaga mamlakatning mulkiy, harbiy siyosiy ishlarining daxli yo‘q edi». «Oyna» jurnalida yozilishicha, amir xazinasiga tеgishli oltin, ku- mush va boshqa zеb-u ziynatlarning ro‘yxati yozilgan daftarlar taxlami bir yarim olchin (1 mеtr) bo‘lgan. Yana o‘sha ma’lumotda ko‘rsati- lishicha «Buxoro amirining tasarrufi ostida bo‘lgan xazinaning aqcha- si (oltin va kumush) shu darajada mo‘lki, hеch bir davlat xazinasida bul darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumush pul va yombilar bo‘lmasa kеrak. Buxoro Amirining sanochlarida saqlanayotgan oltin va kumush pullar bo‘yi 50 olchin (1 olchin 70 sm – mualliflar), eni 20 olchin bo‘lgan bir tog‘dan iboratdir. Bu xazinadan tashqari... yana bir yеrto‘la xazinasi bo‘lib, u rus, Buxoro va boshqa bir qancha davlat- larning oltin pullari bilan to‘ldirilgan» 1 . Boshqacha qilib aytganda, amirlik oltin «tog‘»ining hajmi 2695 mеtr kub bo‘lgan ekan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling