Vatan himoyasi muqaddas burch


Download 18.97 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18.97 Kb.
#199818
Bog'liq
Ssenariy


SSENARIY

“VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH”

1. Saflarda qad kerib turgan ey askar,

Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.

Yurakni, bilakni etgil safarbar,

Gulday diyoringni asra hamisha!

 

2. Duosi, so‘zlari yodingda tursin,



Nur ingan yuzlari yodingda tursin,

Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,

Onaizoringni asra hamisha!

 

1. Singling bor – tegrangda parvona, halak,



Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.

Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –

Qatorda noringni asra hamisha.

 

2. Bir kuni omading, baxting kuladi,



Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.

Bolangga munosib ona bo‘ladi –

Intizor yoringni asra hamisha!

 

1. Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,



Nomus bilan aziz sanalgay inson.

Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,

Oringni – boringni asra hamisha!
I-boshlovchi:

Assalom , armiyam, ulug’ ostonam ,

Onamday mehribon, qutlug’ ostonam!

Bag’ringda to’lamiz kuchga, quvonchga,

Bo’lamiz izmingda mardona har dam!
II boshlovchi:

Assalom, davrimiz olov yoshlari,

Buyuk kelajakning ijodkorlari!

Assalom, ertaning yaratguvchisi,

Yurtimiz shavkati, nomusi, ori!
I boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, qadrli o‘qituvchilav va talabalar
II boshlovchi:
Assalomu alaykum yurtimizning chin ma’nodagi posbonlari, vatanimizning mard va jasur o‘g‘lonlari.

I boshlovchi:
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kunining 28-yillik bayram tantanalari arafasida turibmiz. Ushbu bayram 1992- yil 14- yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekistonning o`z Qurolli Kuchlari tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 29 - dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni belgilash to’g’risida”gi qonunga binoan, 14 –yanvar- Vatan himoyachilari kuni,deb e’lon qilindi.

II boshlovchi:
Shu munosabat bilan har yili yurtimizning turli g‘oshalarida turli tadbirlar o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab berildi
I boshlovchi:
Ayni shu sababdan bugun fakultetimizda o‘tkazilayotgan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli bayram tadbirimizga xush kelibsiz.
II boshlovchi:
Bayramni ochish uchun so‘z __________________________________________________

I boshlovchi:

Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,

Qudrati kundan – kun oshar harbiylar!

Adolat, Halollik, Tinchlik shiori,

Insoniy burchini o’tar harbiylar!
II boshlovchi:
Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar balki ayni vaqtda armiya safida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami deb qabul qilingan.
I boshlovchi:
Endi bayram tabrigi uchun so‘z ________________________________________________
II boshlovchi:
O’z izmida hushyor hamisha

Ezgu ishga safarbar sherlar!

Yer –u osmon, tog’, davon osha

Mard –u maydon muzaffar erlar!


I boshlovchi:
Ushbu bayramning nishonlanishi Xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
II boshlovchi:
Qutlash uchun so‘z ___________________________________________________________
I boshlovchi:
Yurtimning biz - jasur o’g’lonlarimiz,

Elimiz tinchligin posbonlarimiz,

Sergakmiz, hushyormiz kecha –yu kunduz,

Haq – u adolatning qalqonlarimiz.



II boshlovchi:
Milliy armiyamiz zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga bo‘lgan sadoqati mujassamdir.
I boshlovchi:
Tabriklash uchun so‘z ________________________________________________________
II boshlovchi:
Istiqlol mayog’i porlagay abad,

Erkimiz tug’idan nurafshon hayot.

Bunyodkor, mehnatkash ona xalqimiz,

Otalar g’ururi bizga qo’sh qanot.



I boshlovchi:

So‘ngi so‘z _________________________________________________________________


O'tib borar ekan hayot karvoni

Qilinajak unda yaxshi niyatlar

Umrning sermazmun,faraxbaxsh oni

Men sizni qutlayman aziz harbiylar


Yer-u osmonlarga posponsiz asli

Ulug'bek,Temurning naslisiz asli

Men qancha kuylasam dostonsiz asli

Men sizni qutlayman aziz harbiylar


Boshim ham balanddir o'zbekligim-chun

Yonib yashayapman,shu yurtim uchun

Sizning himoyangiz ko'rsatar kuchin

Men sizni qutlayman aziz harbiylar




Shuning bilan Vatan himoyachilar kuniga bag‘ishlab tayyorlangan tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiborlaringiz uchun tashakkur. Doimo sog‘-omon bo‘ling.
Download 18.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling