Vatan himoyasi muqaddas burch
Download 18.97 Kb.
|
Ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- I boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, qadrli o‘qituvchilav va talabalar II boshlovchi
- I boshlovchi: Ayni shu sababdan bugun fakultetimizda o‘tkazilayotgan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli bayram tadbirimizga xush kelibsiz. II boshlovchi
- I boshlovchi: Endi bayram tabrigi uchun so‘z ________________________________________________ II boshlovchi
- I boshlovchi: Ushbu bayramning nishonlanishi Xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. II boshlovchi
- I boshlovchi: Tabriklash uchun so‘z ________________________________________________________ II boshlovchi
SSENARIY “VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH” 1. Saflarda qad kerib turgan ey askar, Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar. Yurakni, bilakni etgil safarbar, Gulday diyoringni asra hamisha!
2. Duosi, so‘zlari yodingda tursin, Nur ingan yuzlari yodingda tursin, Mehrli ko‘zlari yodingda tursin, Onaizoringni asra hamisha!
1. Singling bor – tegrangda parvona, halak, Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak. Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak – Qatorda noringni asra hamisha.
2. Bir kuni omading, baxting kuladi, Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi. Bolangga munosib ona bo‘ladi – Intizor yoringni asra hamisha!
1. Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon, Nomus bilan aziz sanalgay inson. Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on, Oringni – boringni asra hamisha!
Assalom , armiyam, ulug’ ostonam , Onamday mehribon, qutlug’ ostonam! Bag’ringda to’lamiz kuchga, quvonchga, Bo’lamiz izmingda mardona har dam!
Assalom, davrimiz olov yoshlari, Buyuk kelajakning ijodkorlari! Assalom, ertaning yaratguvchisi, Yurtimiz shavkati, nomusi, ori!
Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar, Qudrati kundan – kun oshar harbiylar! Adolat, Halollik, Tinchlik shiori, Insoniy burchini o’tar harbiylar!
Ezgu ishga safarbar sherlar! Yer –u osmon, tog’, davon osha Mard –u maydon muzaffar erlar! I boshlovchi: Ushbu bayramning nishonlanishi Xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. II boshlovchi: Qutlash uchun so‘z ___________________________________________________________ I boshlovchi: Yurtimning biz - jasur o’g’lonlarimiz, Elimiz tinchligin posbonlarimiz, Sergakmiz, hushyormiz kecha –yu kunduz, Haq – u adolatning qalqonlarimiz. II boshlovchi: Milliy armiyamiz zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga bo‘lgan sadoqati mujassamdir. I boshlovchi: Tabriklash uchun so‘z ________________________________________________________ II boshlovchi: Istiqlol mayog’i porlagay abad, Erkimiz tug’idan nurafshon hayot. Bunyodkor, mehnatkash ona xalqimiz, Otalar g’ururi bizga qo’sh qanot. I boshlovchi: So‘ngi so‘z _________________________________________________________________ O'tib borar ekan hayot karvoni Qilinajak unda yaxshi niyatlar Umrning sermazmun,faraxbaxsh oni Men sizni qutlayman aziz harbiylar Yer-u osmonlarga posponsiz asli Ulug'bek,Temurning naslisiz asli Men qancha kuylasam dostonsiz asli Men sizni qutlayman aziz harbiylar Boshim ham balanddir o'zbekligim-chun Yonib yashayapman,shu yurtim uchun Sizning himoyangiz ko'rsatar kuchin Men sizni qutlayman aziz harbiylar Shuning bilan Vatan himoyachilar kuniga bag‘ishlab tayyorlangan tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiborlaringiz uchun tashakkur. Doimo sog‘-omon bo‘ling. Download 18.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling