Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari


Download 0.66 Mb.
bet13/19
Sana08.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1443637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Saidov Monografiya

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar

  1. Milliy manfaatlar deganda millatga, milliy davlatchilikka moddiy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar nazarda tutiladi va yoshlarda o‘z mamlakatiga foyda keltiradigan turli faoliyat bilan band bo‘lishi, qarashlarga ega bo‘lishi ham uning vatanparvarligini namoyon qiladi.

  2. Yoshlarda shaxsiy manfaatlari ustuvorligini shakllantirish kerak, biroq ularda bir insonning manfaatlari boshqalarnikini qadrsizlamasligi, manfaatlarini poymol qilmasligi, ijtimoiy beqarorlikka sabab bo‘lmasligi kerakligini tushuntirish ham vatanparvarlik tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblandi.

  3. Yoshlarda milliy manfaatlarni qadrlash dunyoqarashini shaklantirishga intilmaslik, o‘z navbatida ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Jamiyat demokratlashuvi sharoitida milliy manfaatlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish jarayonida barcha etnik guruhlarning manfaatiga javob beradigan, muammolarning oqilona yechimini topish nafaqat davlat, balki fuqarolik jamiyati institutlarining ham vazifasiga aylanib bormoqda.

  4. Kosmopolitizm, ya’ni dunyo fuqarosi g‘oyasi milliy, diniy qadriyatlar, asriy an’analar tan olinmaydigan, “vatan”, “millat”, “milliy davlatchilik” tushunchalari eskirganligini, hamma bitta davlat, bitta hukumat tuzish asosida yashashini da’vat qiladigan, “Vataningni qo‘y, dunyo fuqarosi bo‘l”, degan g‘oyani ilgari suradigan harakat ekanligi va bu g‘oya insonni bevatanlikka da’vat etishi va manqurtlik qilishgacha borishi kelib chiqadi.

  5. Bevatanlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bu millati, tili va kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.

  6. Vatanparvarlik fazilatining axloqiy mezonlari sifatida - fidoiylik, mas’uliyatlilik, qahramonlik, chidamlilik, sadoqat, oriyat va g‘urur kabi mezonlar tashkil etadi. Vatanparvarlik burchi insonning jamiyatga, davlatga nisbatan ado etadigan mas’uliyatli vazifadir. Burchni his qilmaslik, mas’uliyatsizlik - Vatan, xalq manfaatlariga, istiqbol muammolariga befarq, loqaydlik bilan yondashish belgisi. Mas’uliyat - burchni anglab, unga asoslab faoliyat qilishga qaratilgan ma’naviy omildir.


XULOSA
“Yangi O‘zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari” mavzusidagi dissertatsiya doirasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:

  1. Vatanparvarlik – bu asrlar davomida o‘z vatanida yashagan insonlar manfaatlarining birligini anglash, o‘z xalqining tarixiy o‘tmishiga hurmat, uning yutuqlari uchun g‘urur va ajdodlari, zamondoshlari muvaffaqiyatsizliklari, falokatlari va xatolari uchun alamni his qilish, yangi, taraqqiy etuvchi narsalarni yaratishga bo‘lgan yuksak intilishning amalda ifodalash ekanligi ma’lum bo‘ladi.

  2. Yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish ularda vatanparvarlik, vatan va millat taraqqiyotini ta’minlovchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Jamiyat fuqarolarining milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash hamda milliy iftixor tuyg‘ulariga ega bo‘lishi milliy mustaqillikni mustahkamlash, jamiyat ravnaqi va millat taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.

  3. Vatanparvarlikning asosi bo‘lgan milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchasi shaxs tomonidan milliy mansublik, ushbu millat tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish u mansub bo‘lgan millatga xos va ijobiy xarakter kasb etuvchi etnopsixologik xususiyatlar, milliy qadriyatlar va ular mazmunida ilgari surilgan g‘oyalar mohiyatini tushunish va ularga muvofiq ijtimoiy faoliyatni tashkil etish jarayoni ekanligi xulosa qilindi.

  4. Pragmatik dunyoqarashda faoliyat va faollik ma’lum bir maqsadlarga yo‘naltirilishi bilan qimmatli ekanligi qayd etilib o‘tiladi. Inson uchun faoliyatning, faollikning o‘zi emas, balki ularning maqsadga yo‘naltirilganligi muhim. Shunday ekan, yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishda pragmatistik dunyoqarash asosida aniq maqsadlar asosidagi faoliyatni shakllantirish maqsadga muvofiq.

  5. Milliy manfaatlar deganda millatga, milliy davlatchilikka moddiy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar nazarda tutiladi va yoshlarda o‘z mamlakatiga foyda keltiradigan turli faoliyat bilan band bo‘lishi, qarashlarga ega bo‘lishi ham uning vatanparvarligini namoyon qiladi.

  6. Kosmopolitizm, ya’ni dunyo fuqarosi g‘oyasi milliy, diniy qadriyatlar, asriy an’analar tan olinmaydigan, “vatan”, “millat”, “milliy davlatchilik” tushunchalari eskirganligi, hamma bitta davlat, bitta hukumat tuzish asosida yashashini da’vat qiladigan, “Vataningni qo‘y, dunyo fuqarosi bo‘l”, degan g‘oyani ilgari suradigan harakat ekanligi va bu g‘oya insonni bevatanlikka da’vat etish va manqurt qilishgacha borishi tushuniladi.

  7. Bevatanlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarga bardosh bera oladigan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bu millati, tili va kasbidan qat’iy nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling