Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari
Download 0.66 Mb.
|
Saidov Monografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Arzimatova
- ©Saidov I.M. Farg‘ona - 2023 KIRISH
Ushbu monografiya Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2023-yil _ apreldagi _-sonli yig‘ilishida nashr etishga tavsiya etilgan. ©Saidov I.M. Farg‘ona - 2023 KIRISH Jahonda g‘oyaviy tahdidlar kuchaygan va siyosiy kurashlar keskinlashgan, kosmopolitizm g‘oyalarining rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarda vatanparvarlik ruhiyatini rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish va shu asosida ijtimoiy loqaydlik, befarqlikni bartaraf etish, vatanfurushlikning ijtimoiy salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va ta’limiy islohotlarga ko‘proq ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Bu esa rivojlangan mamlakatlarda, turli tahdidlar yoki siyosiy kurashlar ostida qolgan yoki boshqa bir tinchlik hukm so‘rayotgan, biroq potensial xavflar mavjud bo‘lgan davlatlarda vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, jamiyatda vatanga sodiqlik ruhiyatini oshirish bo‘yicha davlat dasturlari, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qartilgan konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda va boshqa ijtimoiy haraktalar yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun vatanparvarlik tarbiyasini ta’lim orqali yoshlarga singdirish, ularda vatanga bo‘lgan sadoqatni oshirishga qaratilgan tarbiyaviy mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyoning ilg‘or ilmiy tadqiqot institutlari va xalqaro markazlarida milliy mansublik, o‘zlikni anglash, vatanga sadoqat va vatanparvarlikning genezisi, millatlararo munosabatlarda vatanparvarlikning o‘rni, vatanparvarlik fenomenining axloqiy mazmuni, o‘zgarish dinamikasi bilan bog‘liq masalalar, ijtimoiy harakatlar, mafkuralar, ularning ijtimoiy ahamiyati va jamiyatlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash ta’siriga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari bo‘lgan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Malayziya, Singapurda jamiyatda vatanparvarlikni rivojlantirish, yoshlarda vatanga sadoqatni shakllantirishga qaratilgan o‘ziga xos mexanizmlar, turli ta’sir vositalarini ishlab chiqilmoqda. Bu esa barcha mamlakatlarda milliy identlikni mustahkamlash, kosmopoltizm g‘oyalarini bartaraf qilish, vatansizlikni, vatanfurushlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyaviy tajovuzlarga qarshi turuvchi tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga chiqaradi. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida “yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash”1 ustuvor maqsad sifatida belgilangan va bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli ta’limiy, huquqiy va tashkiliy islohotlar olib borilmoqda, ko‘plab fundamental ilmiy loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlari qo‘llab quvvatlanmoqda. Bunga sabab bugungi global ijtimoiy-siyosiy kurash maydonida “buzg‘unchi g‘oyalar ta’siri ostida jamoatchilik ongi buzilmoqda, fuqarolarning davlatga ishonchi so‘nib, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ulari yo‘qolmoqda, qadriyatlar va axloqiy me’yorlar o‘zgarmoqda, oilalar tanazzulga uchramoqda”2. Shu bois ham malakatimizda vatanparvarlik tarbiyasini ijtimoiy zarurat sifatda baholash, “yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirish zarurligi davr talabiga aylanib bormoqda”3. Buning uchun esa yoshlarni vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik axloqi bilan tarbiyalash talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgustdagi 105-1-son «O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi» to‘g‘risidagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 12 dekabrdagi PQ-436-II-son «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling