Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari


Download 0.66 Mb.
bet5/19
Sana08.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1443637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Saidov Monografiya

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar

  1. Har qanday fazilat kabi vatanparvarlik ham muhabbat, burch, mas’uliyat, sadoqat, mardlik, jasorat, shafqat kabi tushunchalarga nisbatan xususiylikka hamda u mehr-oqibat, sodiqlik, ishonch kabi ayrim hodisalarning majmui, umumiy xossasi ekanligi ma’lum bo‘ladi.

  2. Vatanparvarlik – bu asrlar davomida o‘z vatanida yashagan insonlar manfaatlarining birligini anglash, o‘z xalqining tarixiy o‘tmishiga hurmat, uning yutuqlari uchun g‘urur va ajdodlari, zamondoshlari muvaffaqiyatsizliklari, falokatlari va xatolari uchun alamni his qilish, yangi, taraqqiy etuvchi narsalarni yaratishga bo‘lgan yuksak intilishning amalda ifodalash ekanligi ma’lum bo‘ladi.

  3. Vatanparvarlik tuyg‘usi falsafiy va axloqiy kategoriya sifatida insonlarning bir-birlariga nisbatan munosabatlarida inson va uning umuminsoniy qadriyatlarini moddiy, siyosiy, huquqiy, madaniyat asosida boshqaradi va tartibga soladi, yagona Vatan g‘oyasiga birlashtiradi. Oilaning muqaddasligiga tayangan holda fuqarolar qalbida yaratuvchanlik va bunyodkorlik hissini muntazam ravishda oshishiga xizmat qiladi.

  4. Vatanga sadoqat va fidoyilikni boshqalar manfaati yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turgan, jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni deb o‘zidan kecha oladigan kishilar xatti-harakatlarini ifodalovchi ma’naviy tushunchaga nisbatan aytiladi.

  5. Vatanparvarlik tarbiyasidagi kompleks yondashuv maqsadga yo‘naltirilganlik va tabaqali yondashuvni taqozo etadi. Bunda vatanparvarlik komil insonni tarbiyalashga qaratilgan barcha tadbirlarning bosh maqsadi, ta’lim-tarbiya ishlarining ibtidosi bo‘lib xizmat qilishi zarurligi anglashiladi.


II bob. YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI
VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MILLIY VA AXLOQIY ASOSLARI
Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga ulkan strategik maqsadlarni qo‘ygan holda ildam qadamlar bilan taraqqiyotga erishib bormoqda. Belgilangan marraga erishishda aholining eng faol qatlami hisoblangan yoshlarga katta ishonch bildirilmoqda. Buning uchun yoshlarni jipslashtirish, ularga o‘z qobiliyatlarini namoyon etishda yangi imkoniyatlar yaratish, shu bilan birga ularda vatanparvarlikni tarbiyalashning ahamiyati yuqori baholanmoqda. Shu bilan birga mazkur bobda aholi, xususan yoshlar orasida milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar haqida mahalliy va xorijiy olimlar qarashlari keng tadqiq etilgan.
Mazkur bobda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qahramonlik ideallarining ahamiyati, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan milliy siyosatning ta’siri yoritilgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling