Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari


Download 0.66 Mb.
bet9/19
Sana08.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1443637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Saidov Monografiya

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar

  1. Ijtimoiy ongda vatanparvarlik fenomeni ma’naviy-axloqiy merosdagi in’ikosi ijtimoiy-tarixiy hayotda tub burilish yasagan va xalqning erki, ozodligi hamda kelajagini ta’minlash yo‘lidagi kurashning yo‘lboshchisi va bu faoliyatning axloqiy namunasi sifatida namoyon bo‘lgan shaxslar siymosi bilan belgilan.

  2. Pragmatik dunyoqarashda faoliyat, faollik ma’lum bir maqsadlarga yo‘naltirilishi bilan qimmatli ekanligi qayd etilib o‘tiladi. Inson uchun faoliyatning, faollikning o‘zi emas, balki ularning maqsadga yo‘naltirilganligi muhim. Ongli kishiga har qanday faoliyat negizida ma’lum bir maqsad yotishi aniq. Shunday ekan, yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishda pragmatistik dunyoqarash asosida aniq maqsadlar asosidagi faoliyatni shakllantirish maqsadga muvofiq.

  3. O‘zbekistonning yaxlit strategiyasi fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishni ijtimoiy-axloqiy ehtiyojning ijtimoiy zaruriyatini o‘zbek xalqining o‘zligini anglashi va har qanday xavf-xatarlardan asrashga, yangi davlat va yangi jamiyat asoslarini barpo etishga va yurtimizning taraqqiyotini ta’minlashga ko‘p jihatdan bog‘liqligi bilan izohlash mumkin.

  4. Jamiyat esa o‘z zaminining mutafakkirlari, dini va kashfiyotlari, ma’rifat, ilm-u fan, madaniyat kabi sohalaridan bularning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning g‘oyaviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishda, uni namuna qilib ko‘rsatishda foydalanadi. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini avlodlarga yetkazishni yoshlarda vatanparvarlikni shakllantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

  5. Yurtga sadoqat tuyg‘ularini ilmiy jihatlari keng ko‘lamli tadqiqotlarni taqozo etadi. Chunki, mamlakat taraqqiyotida vatanparvarlik, insonparvarlik an’analari va g‘oyalari bilan uyg‘un holda rivojlanishi o‘z o‘rnida, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy vaziyat va muhit bilan bog‘liqdir. Shuning uchun turli an’ana, qadriyat va g‘oyalarning o‘zaro integrasiyasi ro‘y berayotgan hozirgi globallashuv sharoitida mazkur muammoni tadqiq etish har qachongidanda muhim ehtiyojga aylanib bormoqda.

  6. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi yoshlarda faollikni maqsadli shakllantirishni ta’minlashga, ularni davlatning umumiy vazifalarini hal etishga har tomonlama jalb qilinishiga imkon berishga, ularda O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga muvofiq ravishda harakat qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilganligi bilan belgilanadi.

  7. Vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda axloqiy o‘z-o‘ziga baho berish va o‘z-o‘zini intizomga chaqirish ko‘nikmalari tiyib turuvchi omil sifatida yuzaga chiqadi. Bu ko‘nikmalar o‘ylanmagan, kutilmagan favqulodda xatti-harakatlardan muhofaza qilishi bilan birga, yoshlarning xulq-atvor madaniyati axloqiy va estetik uyg‘unlikni ham o‘z ichiga oladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling