Vazifalari
Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni
Download 20.8 Kb.
|
1.6. Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabi- dan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, prinsip kabilarga rioya qiladi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy fanlar tizimida informatsion-analitik tavsifiga ega bo‘lib, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqador. Chunki obyektlarni iqtisodiy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda maz- munini ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriya- lar va atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomon- dan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu kategoriyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqlanishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi dinamikasi, uning tarkibi, tarkibdagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilish mumkin. Tabiat, jamiyat, iqtisodiyot va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy va iqtisodiy ta’limotlar, o‘rganilayotgan jarayonga tarixiy va dialektik yondashuv kabilar iqtisodiy tahlil fanida umumiy asos bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir: • Buxgalteriya hisobi va audit. • Menejment va marketing. • Mikro va makro iqtisod. • Statistika. • Axborot texnologiyalari va informatika. • Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi sohasidagi fanlar bilan. • Iqtisodiy matematika va ekonometriya. • Xuquq sohasidagi fanlar. • Tabiiy fanlar bilan va hokazolar. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling