Vazifalari


Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari


Download 20.8 Kb.
bet4/5
Sana07.03.2023
Hajmi20.8 Kb.
#1247777
1   2   3   4   5
1.4. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari
Har bir fan bajaradigan vazifalar mavjud va yuzaga kelayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga qarab belgilanib boriladi.
Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar 
hisoblanadi: 
• O‘rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish. 
• Biznes-rejalar va me’yorlarni ilmiy-iqtisodiy asoslash va ularni 
uzluksiz takomillashtira borish.
• Biznes-rejalarning bajarilishini hamda me’yorlarga amal qilinishiga rioya etilganligini har tomonlama obyektiv o‘rganish. 
• Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanganlikka (ham alohida, ham birgalikda) baho berish. 
• Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini uzluksiz kuzatib 
borish va ular ustidan nazorat ishlarini (ham faoliyat davomida, ham 
faoliyat yakunlangandan so‘ng) amalga oshirish. 
• Xo‘jalik faoliyatidagi foydalanilmagan tashqi va ichki omillarni 
aniqlash va ularni miqdor jihatdan hisoblash. 
• Korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion 
g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash. 
• Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsat-
kichlar asosini aniqlash. 
• Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining maqbulligini o‘rganish 
(Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha). 
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi samarali ijtimoiy-
iqtisodiy natijalarga olib boradi.

1.5. Iqtisodiy tahlil prinsiplari 
Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq 
qilish obyekti, deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan prin-
siplari mavjud bo‘ladi. Prinsip o‘rganiladigan obyektning bir butunligi, 
realligi va voqeligini tavsiflash uchun asos bo‘ladigan eng muhim 
qoidalardir. 
Iqtisodiy tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rga-
nishda o‘zi amal qiladigan prinsiplari mavjud. Mazkur prinsiplar asosida 
iqtisodiy tahlil fani o‘rganadigan obyektlarining obyektivligi, mohiyati, 
shakl-mazmuni, miqdor-sifati va shu kabi jihatlarni tavsiflab, real 
voqeliklar bo‘yicha aniq tushunchalar hosil qiladi. 
Bu prinsiplarning xalqaro va milliy hisob standartlari asosida quyidagi turlarini aytib o‘tish mumkin.
Iqtisodiy tahlil prinsiplari:

1. Aniqlik - Tahlil aniq ma’lumotlar asosida amalga oshirilgani uchun uning 


natijasi ham aniq miqdorlarda ifodalanilishi kerak. 
2. Komplekslilik Obyektiv baho berish maqsadida iqtisodiy voqeliklar har tomonlama o‘rganilishi zarur. 
3. Tizimlilik Tahlil etilayotgan obyekt alohida, bir butun tizim yoki tizimning 
elementi deb qaraladi. Lekin ular boshqa iqtisodiy voqeliklar bilan 
ma’lum bir tartib asosida bog‘langanligi doimo e’tiborda bo‘ladi. 
4. Davriylik Belgilangan muddatlarda (rasmiy yoki ichki ehtiyojga ko‘ra) 
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllantirilish 
zaruriyati mavjudligi. Bu bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlar muayyan 
vaqt oralig‘ida (yil, chorak, oy, dekada, kun va hokazo) 
foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Demak, tahlil belgilangan davr 
oralig‘larida uzliksiz o‘tkazilishi shart. 
5. Ishonchlilik Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy ekanligi, realligi 
asoslanadi. 
6. Obyektivligi Asoslangan xulosalar ishlab chiqish uchun voqeliklar tanqidiy 
hamda xolislik bilan o‘rganiladi.
7. Natijaviylik Faoliyat samaradorligini oshirish maqsadlarida foydalanishda tahlil 
natijalarining yaroqliligini ta’minlash. 
8. Tejamlilik Tahlil uchun sarflangan xarajatlar uni amalga oshirish natijasida 
erishiladigan iqtisodiy samaradan keskin kam bo‘lishi zarur. 
9. Taqqoslanuvchanlik Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda, ya’ni ularni bir asosli tarzda 
shakllantirilganligi uchun turli davrlar va boshqa korxonalar 
faoliyati to‘g‘risidagi aynan shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy 
o‘rganish imkoniyati mavjudliligi. 
10. Betaraflilik Axborotdan foydalanuvchilar bir guruhining zarari hisobiga boshqa 
guruhlar manfaatlarini qondirishning o‘rinsizligi. 
11. Hisobga olish Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o‘rni va markazlari bo‘yicha hisobga olinishi. 
12. Uzluksizlik Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlarni o‘z 
yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishi 
13. Ilmiylik Tahlil o‘tkazish davrida ilmiy asoslangan usul va uslublardan 
foydalanish shartligi 
14. Tezkorlik va o‘z vaqtidalilik Tahlil o‘z vaqtida hamda tezkor o‘tkazilishi lozim. Kechikib o‘tkazilgan tahlil natijalari o‘z samarasini yo‘qotishi mumkin. 
15. Boshqa prinsiplar …
Iqtisodiy tahlilni o‘z prinsiplari asosida amalga oshirish fan vazifalarining obyektiv bajarilishini ta’minlaydi. 


Download 20.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling