Vazifalari


Asosiy vositalarning yangilanish manbalari


Download 186.47 Kb.
bet25/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

Asosiy vositalarning yangilanish manbalari:
• kapital qo’yilmalar va investitsiyalar;
• xususiy kapitalning o’sishi;
• uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobiga.
Asosiy vositalarning chiqib ketish sabablari:
• ma’naviy eskirishi;
• jismoniy eskirishi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelishi;
ortiqchaligi;
• sotishlar;
• yo’qotishlar va boshqa sabablar.
Mahsulot ishlab chiqarish nafaqat asosiy vositalarning texnik holat va harakat
ko’rsatkichlariga balki ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liq. Korxona (firma) ning
asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi deb ishlab chiqarishning me’yor
darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlanganliga aytiladi.
Avvalo, korxonaning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligida quyidagi jihatlarini farqlash
lozim:
• o’ziga tegishli bo’lgan mehnat vositalari hisobiga ta’minlash;
• ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlash.
Demak korxona har ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor
ko’rsatkichlariga ega bo’lishi mumkin.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxonada asosiy vositalarning rejaga va
o’tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o’zgarishlariga baho beriladi.
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko’rsatkichlari sifatida bir ishchiga to’g’ri keladigan
mehnat vositalari, ish o’rni, maydonining asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi.
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko’rsatkichlarini o’rganish
asosida to’ldiriladi. Ya’ni, korxona faoliyatiga faqat miqdor ko’rsatkichlar orqaligina emas balki
s ifat ko’rsatkichlarini ham o’rganish asosida baho beriladi.

Jadval ma’lumotlaridan xulosa qilish mumkinki, korxonada rentabellik ko’rsatkichlari o’tgan


yilga nisbatan bir qadar o’sgan. Faqat mahsulot rentabelligi, ishlab chiqarish tannarxi va qarz
mablag’alariga nisbatan rentabellik ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yilga nisbatan pasayish
kuzatilgan.
Asosiy vositalar rentabelligi 5,8 % ga, oborot aktivlari rentabelligi (moddiy) 3,2 % ga, o’z
mablag’lari rentabelligi 4,5% ga, jami aktivlar rentabelligi 0,9% ga, umumiy rentabellik 2,1 % ga
o’sgan.
Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi.
Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash
mumkin. Masalan, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o’zgarishiga sotishdan olingan yalpi
foyda summasining o’zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o’zgarishi ta’sir etsa,
asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof foydasining o’zgarishi va asosiy vositalarning o’rtacha
yillik qiymatining o’zgarishi, umumiy rentabellikka bir so’mlik tushumga to’g’ri keladigan sof
foyda summasining o’zgarishi, asosiy vositalar qaytimining o’zgarishi va moddiy oborot mablag’lar

qaytimining o’zgarishlari ta’sir qiladi va h.k.




Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling