Vazifalari
-MAVZU. ASOSIY VOSITALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING TAHLILI
Download 186.47 Kb.
|
Vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab: • aktiv asosiy vositalar; • passiv asosiy vositalar. 2.Tarmoq bo’ysunuviga qarab
- 3.Foydalanishiga qarab: • foydalanishdagi asosiy vositalar; • foydalanishdan olib quyilgan asosiy vositalar. 4. Turi bo’yicha
6-MAVZU. ASOSIY VOSITALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING TAHLILI
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq yillar davomida qatnashib o’zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman o’tkazib boruvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalaridir. Tahlil etishda asosiy vositalar tarkibi bo’yicha mutlaq va nisbiy o’zgarishlariga baho beriladi. Asosiy vositalarni quyidagi belgilar bo’yicha tarkiblash mumkin. 1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab: • aktiv asosiy vositalar; • passiv asosiy vositalar. 2.Tarmoq bo’ysunuviga qarab: • sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari; • boshqa tarmoq asosiy vositalari; • noishlab chiqarish asosiy vositalari. 3.Foydalanishiga qarab: • foydalanishdagi asosiy vositalar; • foydalanishdan olib quyilgan asosiy vositalar. 4. Turi bo’yicha: • binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mashina va uskunalar, transport vositalari, asbob- uskunalar, xo’jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar. 1. Mulkiy egaligiga qarab: • o’ziga tegishli asosiy vositalar; • ijaraga olingan asosiy vositalar. Tahlil uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar buxgalteriya hisobotining 3-shakli «Asosiy vositlar h arakati to’g’risidagi» hisobot shaklidan olinadi. Korxonada asosiy vositalarning o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi +7430 ming so’mni tashkil etgan. Shu jumladan, binolar bo’yicha +126 ming so’m, mashina va uskunalar bo’yicha +7220 ming so’m, transport vositalari bo’yicha 80 ming so’m qiymatda o’sishga erishilgan. Jami asosiy fondlar tarkibida asosiy ulushni mashina va uskunalar hamda, transport vositalari tashkil etgan. Joriy davrda mashina va uskunalar salmog’ini 3,5 % ga oshirishga muvaffaq bo’lingan. Noishlab chiqarish asosiy vositalari 2450 m.s. tashkil etgan holda joriy davrda o’zgarish bo’lmagan. Asosiy vositalarni o’rganishda ularning texnik holati va harakat ko’rsatkichlariga muhim ahamiyat beriladi. Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi: • asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi; • asosiy vositalarning eskirish darajasi. Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang’ich qiymatiga bo’lish orqali; Eskirish darajasi esa asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang’ich qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi. Yaroqlilik va eskirish koeffitsientlari yig’indisi koeffitsientda 1 ga, foizda 100 teng bo’ladi. Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Asosiy vositalarning holatini o’rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo’yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi. Korxona amortizatsiya siyosati bevosita davlat amortizatsiya siyosati asosida belgilanadi. Uning muhim usullariga quyidagilar kiritiladi. • teng ulushlarda amortizatsiya hisoblash; • ikki marta oshirilgan usulda eskirish hisoblash; • ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash; • komulyativ usulda eskirish hisoblash; Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo’yicha o’rganiladi. Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlari ularning harakat ko’rsatkichlari bilan to’ldiriladi. Korxonada asosiy vositalarning eskirish darajasi o’tgan yilga nisbatan 2.6 % ga oshgan. Unga qarama qarshi bo’lgan ko’rsatkich asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi esa 2,6 % ga kamaygan. Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlari ularning harakat ko’rsatkichlarini o’rganish asosida to’ldiriladi. Asosiy vositalarning harakat ko’rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketish koeffitsientlari kiritiladi. Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsienti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo’lgan qiymatiga bo’lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsienti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshiga bo’lgan qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi. Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bir tarkibi bo’yicha berib o’tish mumkin. Korxonada asosiy vositalarning harakat ko’rsatkichlarini o’zgarishi shu holatni ko’rsatadiki joriy davrda asosiy vositalarning yangilanish darajasi oldingi yilga nisbatan 3,3 % ga o’sgan. Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi esa +1,5 % ga ortgan. Ular orasidagi nisbat 2.2 ga (3.3 / 1.5) teng bo’lgan. Tahlilda asosiy vositalarning yangilanish va chiqib ketish sabablariga ham muhim e’tibor beriladi. Download 186.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling